Havoriylar 5:3-5
Havoriylar 5:3-5 O‘ZBMK
Butrus undan soʻradi: — Xanoniyo, nimaga shaytonga qalbingdan joy berib, Muqaddas Ruhga yolgʻon gapirding? Yerning pulidan bir qismini olib qolding–ku! Mulkingni sotmasingdan oldin, u seniki edi, sotganingdan keyin ham, pul seniki edi. Bunday ish qilishga qanday jurʼat etding?! Sen odamlarga emas, balki Xudoga yolgʻon gapirding! Xanoniyo bu soʻzlarni eshitishi bilanoq yerga yiqilib jon berdi. Bu voqeani eshitganlarning hammasi qattiq vahimaga tushib qoldi.