Havoriylar 15
15
15–BOB
Quddusdagi yigʻin
1Yahudiyadan bir necha odam#15:1 Yahudiyadan bir necha odam — Iso Masihga ishongan yahudiylar boʻlib, ular Muso qonunlariga, ayniqsa sunnat haqidagi amriga (Ibtido 17:9-14 ga qarang), qatʼiy amal qilishardi. Antioxiyaga kelib, imonlilarga shunday taʼlim bera boshladilar: “Musoning qonuniga binoan sunnat qilinmasangizlar, najot topa olmaysizlar.” 2Pavlus bilan Barnabo ular bilan qizgʻin bahsu munozaraga kirishdilar. Shunda: “Pavlus bilan Barnabo hamda Antioxiyadan bir necha odam Quddusga yuborilsin”, deb qaror qilindi. Ular bu masalani havoriylar va oqsoqollar bilan muhokama qilishlari kerak edi.
3Imonlilar jamoati ularni yoʻlga kuzatib qoʻydi. Ular Finikiya va Samariya orqali oʻtar ekanlar, gʻayriyahudiylar qanday qilib Xudoga yuz burganini aytib berdilar. Bu xabar hamma imonlilarga katta quvonch bagʻishladi. 4Pavlus va Barnabo Quddusga kelganlaridan keyin, jamoat, havoriylar, oqsoqollar ularni samimiy kutib oldilar. Pavlus va Barnabo Xudoning ular orqali qilgan ishlarini#15:4 …qilgan ishlarini… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida …qilgan ishlarini, Xudo gʻayriyahudiylarga imon eshigini qanday ochganini…. yigʻilganlarga soʻzlab berdilar. 5Ammo farziylar mazhabiga mansub imonlilar oʻrinlaridan turib: “Gʻayriyahudiylar sunnat qilinishlari kerak. Ularga Musoning qonuniga rioya qilishlarini buyurish kerak”, dedilar.
6Havoriylar va oqsoqollar bu masalani muhokama qilish uchun yigʻildilar. 7Uzoq davom etgan munozaradan keyin Butrus oʻrnidan turib, ularga dedi:
— Birodarlarim! Oʻzlaringiz bilasizlarki, Xushxabarni gʻayriyahudiylarga vaʼz qilishim uchun Xudo meni ancha vaqt oldin orangizdan tanlab oldi. Gʻayriyahudiylar ham Xushxabarni eshitib, imonga kelishi Uning maqsadi edi. 8Xudo inson zotining yuragini biladi, U bizga bergan Muqaddas Ruhni gʻayriyahudiylarga ham berdi. Shu orqali ularni qabul qilganini tasdiqladi. 9Xudo imon orqali gʻayriyahudiylarning yuraklarini pokladi. Shunday qilib, biz bilan gʻayriyahudiylar orasidagi farqni Xudo yoʻq qildi. 10Shunday ekan, nima uchun shogirdlarning yelkasiga ogʻir yuk ortib, Xudoni sinayapsizlar?! Axir, bu yukni biz ham, ota–bobolarimiz ham koʻtara olmagan edik–ku! 11Yoʻq! Ishonamizki, biz ham ular singari, Rabbimiz Isoning inoyati tufayli najot topamiz.
12Hamma havoriylar va oqsoqollar sukutda qoldilar. Barnabo bilan Pavlus Xudoning ular orqali gʻayriyahudiylar orasida koʻrsatgan alomatlari va ajoyibotlari toʻgʻrisida hikoya qilib berdilar. 13Ular gapini tugatgach, Yoqub#15:13 Yoqub — 12:17 izohiga qarang. soʻz oldi:
— Birodarlarim! Meni eshitinglar. 14Hozir Butrus#15:14 Butrus — yunoncha matnda Shimoʻn, Butrusning yana bir ismi (10:5 ga qarang). bizga Xudoning ilk bor gʻayriyahudiylarga iltifot nazarini solganini va ular orasidan Oʻziga bir xalq tanlab olganini tushuntirib berdi. 15Bu soʻzlar paygʻambarlarning aytganlari bilan mos keladi. Yozilganiday:
16-17“Egamiz shunday demoqda:
«Bundan keyin Men qaytib kelib,
Dovudning yiqilgan shohligini qayta tiklayman,
Uning xarobalarini yangidan barpo qilib,
Uni qayta quraman.
Shunda boshqa xalqlarning hammasi Menga intiladilar,
Oʻzim daʼvat qilgan oʻsha gʻayriyahudiylar Meni izlaydilar.»
18Egamiz bularni bizga azaldan maʼlum qilgan.”#15:16-18 Muallif bu oʻrinda Amos 9:11-12 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
19Yoqub gapida davom etdi:
— Shuning uchun Xudoga yuz burayotgan gʻayriyahudiylarni qiyin ahvolga solib qoʻymasligimiz kerak. 20Buning oʻrniga, ularga xat yozib, shunday deb aytaylik: “Butlarga keltirilgan qurbonlikning goʻshtini tanovul qilishdan#15:20 Butlarga keltirilgan qurbonlikning goʻshtini tanovul qilishdan… — 1 Korinfliklar 8:1-13, 10:23-32 oyatlarga va 1 Korinfliklar 8:1 izohiga qarang., fahsh–zinodan#15:20 fahsh–zino — gʻayriyahudiylar orasida keng tarqalgan boʻlib, butparastlarning diniy marosimlaridan oʻrin olgan. va qoni chiqarilmagan hayvonning goʻshtini yeyishdan#15:20 …qoni chiqarilmagan hayvonning goʻshtini yeyishdan… — yunoncha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …boʻgʻib oʻldirilgan hayvonning goʻshtini va qonini tanovul qilishdan…. Bularning ikkalasi ham aslida bir gʻoyani — qoni chiqarilmagan goʻshtni yemaslikni bildiradi (Ibtido 9:4, Levilar 17:10-14 ga qarang). Bunday goʻshtni taqvodor yahudiylar oldida yeyish ularni haqoratlash bilan teng boʻlardi. oʻzlaringizni tiyinglar#15:20 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar oyatga qoʻshimcha qilingan: va oʻzlaringiz uchun istamagan narsani oʻzgaga qilmanglar (shu bobning 29–oyatida ham bor)..” 21Axir, Musoning qonuni azal–azaldan har bir shaharda vaʼz qilinmoqda, har Shabbat kuni sinagogalarda oʻqilmoqda.
Gʻayriyahudiy imonlilarga maktub
22Shundan keyin havoriylar va oqsoqollar butun imonlilar jamoati bilan shunday qarorga keldilar: “Guruhimizdan bir necha odamni tanlab olib, ularni Pavlus va Barnabo bilan birga Antioxiyaga yuboramiz.” Ular ikkita odamni — Barsabo degan Yahudoni va Silasni tanlab oldilar. Yahudo va Silas jamoatning yoʻlboshchilari edilar. 23Ularni shunday maktub bilan joʻnatdilar:
“Biz, birodarlaringiz boʻlgan havoriylar va oqsoqollar, Antioxiya, Suriya va Kilikiyada#15:23 Antioxiya, Suriya va Kilikiya — bu paytda Suriya va Kilikiya Rim imperiyasi tarkibidagi bir viloyat hisoblangan, Antioxiya shu viloyatning eng katta shahri boʻlgan. yashaydigan gʻayriyahudiy birodarlarimizga salom yoʻllayapmiz.
24Eshitishimizcha, bizning oramizdan baʼzilar borib, oʻzlarining gaplari bilan sizlarni xavotirga solibdi, yuraklaringizni gʻash qilibdi#15:24 …sizlarni xavotirga solibdi, yuraklaringizni gʻash qilibdi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida sizlarni xavotirga solibdi, sunnat qilinishingiz kerak, Musoning Qonuniga rioya qilishingiz kerak, deb yuraklaringizni gʻash qilibdi.. Ammo ularni biz yubormagan edik. 25Biz vakillar tanlab, ularni aziz doʻstlarimiz Barnabo va Pavlus bilan birga sizlarning huzuringizga yuborishga bir ovozdan qaror qildik. 26Barnabo bilan Pavlus Rabbimiz Iso Masih haqi–hurmati, hayotlarini xavf ostiga qoʻyganlar. 27Shu bois biz Yahudo bilan Silasni yuboryapmiz. Ushbu yozayotganlarimizni ular sizlarga ogʻzaki ham tasdiqlab beradilar. 28Biz Muqaddas Ruh boshchiligida sizlarga quyidagi kerakli talablardan boshqa yukni yuklamaslikka qaror qildik: 29sizlar butlarga keltirilgan qurbonlikning goʻshtini va qoni chiqarilmagan hayvonning goʻshtini tanovul qilishdan hamda fahsh–zinodan oʻzlaringizni tiyinglar#15:29 …sizlar…oʻzlaringizni tiyinglar — shu bobning 20–oyatiga berilgan izohlarga qarang.. Oʻzlaringizni ana shulardan tiysangizlar, yaxshi ish qilgan boʻlasizlar.
Omon boʻlinglar.”
30Shunday qilib, vakillar yoʻlga chiqib, Antioxiyaga keldilar. Ular jamoatni yiqqanlaridan keyin maktubni jamoat aʼzolariga topshirdilar. 31Jamoat aʼzolari maktubni oʻqib, dalda soʻzlaridan xursand boʻldilar. 32Yahudo bilan Silas paygʻambar edilar. Ular imonlilarga dalda berdilar, ularga koʻp gaplar aytib, imonda mustahkamladilar. 33-34Yahudo bilan Silas maʼlum vaqt u yerda boʻlganlaridan keyin, imonlilar ularni yuborgan birodarlari yoniga xayrixohlik bilan joʻnatib yubordilar#15:33-34 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar 34–oyatni tashkil etib, qoʻshimcha qilingan: Ammo Silas u yerda qolishga qaror qildi. Boshqa bitta yunon qoʻlyozmasida esa shu oʻringa quyidagi soʻzlar qoʻshimcha qilingan: Ammo Silas, bu yerda qolamiz, deb qaror qildi, Yahudo bir oʻzi Quddusga qaytdi.. 35Pavlus bilan Barnabo esa birmuncha vaqt Antioxiyada qolishdi. Ular u yerda boshqalar bilan birga taʼlim berib, Rabbimiz Iso haqidagi xabarni vaʼz qildilar.
Pavlus bilan Barnabo ayrilishadi
36Oradan bir necha kun oʻtgach, Pavlus Barnaboga dedi: “Qani, biz Rabbimiz Iso haqidagi xabarni vaʼz qilgan shaharlarga boraylik, imonlilarni yoʻqlaylik, ularning hol–ahvolini bilaylik.”
37Mark degan Yuhannoni Barnabo birga olib ketmoqchi edi. 38Ammo Pavlus buni istamadi. Mark ularni Pamfiliyada qoldirib#15:38 Mark ularni Pamfiliyada qoldirib… — 13:13 ga qarang., xizmatda oxirigacha birga boʻlmagani uchun Pavlus Barnaboning bu fikriga qattiq eʼtiroz bildirdi. 39Pavlus bilan Barnaboning orasida shunday anglashilmovchilik boʻldiki, ular bir–birlarini tark etdilar. Barnabo Markni oʻzi bilan birga olib, kemada Kiprga suzib ketdi. 40Pavlus esa Silasni tanladi. Imonlilar ularni Rabbimiz Isoning panohiga topshirganlaridan keyin, ular yoʻlga chiqdilar#15:40 …ular yoʻlga chiqdilar — Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida qilgan ikkinchi safarining boshlanishi (“Xaritalar” boʻlimiga qarang). Pavlus Antioxiyaga qaytib kelganda bu safar yakunlangan (18:22 ga qarang).. 41Suriya va Kilikiya hududlarini kezib, jamoatlarni imonda mustahkamladilar.
Currently Selected:
Havoriylar 15: O‘zbMK
ማድመቅ
ያጋሩ
ኮፒ

ያደመቋቸው ምንባቦች በሁሉም መሣሪያዎችዎ ላይ እንዲቀመጡ ይፈልጋሉ? ይመዝገቡ ወይም ይግቡ
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020