1
Yuhanno 15:5
Muqaddas Kitob
Men — tok, sizlar esa novdasizlar. Agar Menda boʻlsangizlar va Men sizlarda boʻlsam, koʻp hosil berasizlar. Mensiz hech narsa qilolmaysizlar.
Jämför
Utforska Yuhanno 15:5
2
Yuhanno 15:4
Men bilan aloqada boʻlinglar, shunda Men sizlar bilan aloqada boʻlaman. Tokka ulanmagan novda oʻz–oʻzidan hosil berolmaydi. Shu singari, sizlar ham Men bilan aloqada boʻlmasangizlar, hosil berolmaysizlar.
Utforska Yuhanno 15:4
3
Yuhanno 15:7
Agar siz Men bilan aloqada boʻlib, soʻzlarimni qalbingizga jo qilsangizlar, istaganingizni soʻranglar, sizga beriladi.
Utforska Yuhanno 15:7
4
Yuhanno 15:16
Sizlar Meni emas, Men sizlarni tanladim. Men sizlarni: «Borib hosil bersin, hosili boqiy boʻlsin», deb tanladim. Shunda Mening nomimdan Otadan nima soʻrasangizlar, U sizlarga beradi.
Utforska Yuhanno 15:16
5
Yuhanno 15:13
Kim oʻz jonini doʻstlari uchun fido qilsa, bundan ortiq sevgi yoʻq.
Utforska Yuhanno 15:13
6
Yuhanno 15:2
Hosil bermaydigan har bir novdamni U kesib tashlaydi. Hosil beradigan har bir novdani esa, yana koʻproq hosil bersin deb, xomtok qilib tozalaydi.
Utforska Yuhanno 15:2
7
Yuhanno 15:12
Mening amrim shu: Men sizlarni qanday sevgan boʻlsam, sizlar ham bir–biringizni shunday sevinglar.
Utforska Yuhanno 15:12
8
Yuhanno 15:8
Sizlar koʻp hosil berib, Mening shogirdlarim ekanligingizni isbotlaysiz. Bu orqali Otam ulugʻlanadi.
Utforska Yuhanno 15:8
9
Yuhanno 15:1
Iso shogirdlariga dedi: “Men haqiqiy tokman, osmondagi Otam esa bogʻbondir.
Utforska Yuhanno 15:1
10
Yuhanno 15:6
Kim Men bilan aloqani uzsa, novda kabi, tashlab yuboriladi va quriydi. Bunday novdalarni esa yigʻib, oʻtga tashlab yondirishadi.
Utforska Yuhanno 15:6
11
Yuhanno 15:11
Mening shodligim qalbingizni toʻldirsin deb, sizlarga bu soʻzlarni aytdim.
Utforska Yuhanno 15:11
12
Yuhanno 15:10
Men Otamning amrlariga amal qilib, Uning sevgisiga sodiq qolganman. Xuddi shu singari, sizlar ham, Mening amrlarimga amal qilsangizlar, sevgimga sodiq qolasizlar.
Utforska Yuhanno 15:10
13
Yuhanno 15:17
Xullas, sizlarga amrim shu: bir–biringizni sevinglar!
Utforska Yuhanno 15:17
14
Yuhanno 15:19
Sizlar bu dunyoga tegishli boʻlganingizda edi, dunyo sizlarni oʻziniki kabi sevar edi. Sizlar esa bu dunyoga tegishli emassizlar. Men sizlarni bu dunyodan tanlab oldim. Ana shu sababdan dunyo sizlardan nafratlanadi.
Utforska Yuhanno 15:19
Hem
Bibeln
Planer
Videor