YouVersion
Pictograma căutare

Yuhanno 1

1
1–BOB
Kalom va Nur
1Azalda Kalom#1:1 Kalom — yunoncha matnda logos. Bu yunoncha soʻz yahudiylar uchun ham, yunonlar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Yunon faylasuflari bu soʻzni ishlatganlarida nafaqat ogʻizdan chiqqan soʻzni, balki hali tilga olinmagan, xayoldagi fikrni ham nazarda tutganlar. Ular bu soʻzni koinotga nisbatan ishlatganlarida, butun koinotni boshqarib turgan, borliq asosidagi ilohiy ongni nazarda tutganlar. Baʼzi yunonlar logos soʻzini koinot manbai va ijodkori boʻlgan bosh Xudoga nisbatan ishlatganlar. Koʻp yunonzabon yahudiylar logos soʻzini Xudoning donoligiga yoki Xudoning kalomiga nisbatan ishlatganlar, baʼzan esa Xudoning bu dunyodagi ishlarini amalga oshiradigan ilohiy zot timsolida tasavvur qilganlar. Shulardan koʻrinib turibdiki, Yuhanno bu oʻrinda yahudiylarga ham, yunonlarga ham tushunarli boʻlgan soʻzni ishlatgan. bor edi.
Kalom Xudo bilan birga edi,
Kalom Xudo edi.
2Azalda U Xudo bilan birga edi.
3Butun borliq Kalom orqali yaratilgan#1:3 Butun borliq Kalom orqali yaratilgan — Zabur 32:6, 9, Kolosaliklar 1:15-17, Ibroniylar 1:2-3 ga qarang.,
Usiz yaratilgan biron narsa mavjud emas.
4Kalom hayot manbai edi,
Bu hayot insonlarning Nuri edi.
5Nur zulmatda porlaydi,
Axir, zulmat Nurni yengolmadi.
6Xudo Yahyo ismli bir odamni yubordi. 7Yahyo Nur haqida shahodat qilgani kelgan edi, toki hamma uning shahodati orqali imon keltirsin. 8Yahyoning oʻzi Nur emas edi, u faqat Nur haqida shahodat qilgani kelgandi. 9Har bir odamni yoritadigan haqiqiy Nur dunyoga kelayotgan edi#1:9 Har bir odamni yoritadigan haqiqiy Nur dunyoga kelayotgan edi — yoki Bu Nur haqiqiy Nur edi, U dunyoga kelgan har bir odamni yoritardi. Bu oʻrindagi yunoncha gapni yuqoridagiday ikki xil maʼnoda tushunish mumkin, ammo kitobning keyingi oyatlaridan koʻrish mumkinki, muallif dunyoga kelayotgan iborasi ostida, haqiqiy Nurga, yaʼni Iso Masihga ishora qilgan (12:46 ga qarang, yana 6:14, 9:39, 11:27, 16:28 ga qarang)..
10Ha, Kalom dunyoda edi,
Dunyo U orqali yaratilgandi,
Biroq dunyo Uni tanimadi.
11U Oʻz yurtiga keldi,
Lekin Oʻz xalqi Uni qabul qilmadi.
12Ammo Uni qabul qilganlarning hammasiga,
Unga imon keltirganlarga,
U Xudoning farzandi boʻlish huquqini berdi.
13Ular tana xohishidan emas,
Er xohishidan ham emas,
Tabiiy yoʻl bilan emas#1:13 …Tabiiy yoʻl bilan emas… — yunoncha matnda …Qondan emas…. Ota–onadan tugʻilishga ishora.,
Balki Xudodan tugʻilgan farzandlardir.
14Kalom inson boʻldi,
Oramizda yashadi#1:14 yashadi — bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz chodir oʻrnatish maʼnosini ifodalab, Eski Ahddagi Muqaddas chodirni, Xudo Oʻz xalqi orasida yashaydigan joyni eslatadi (Chiqish 25:8 ga qarang)..
U inoyat va haqiqatga toʻlgandi.
Biz esa Uning ulugʻvorligini koʻrdik.
Bu ulugʻvorlik Otadan#1:14 Ota — Xudoga ishora. Bu unvon Muqaddas Kitobdagi boshqa hamma kitoblarga qaraganda Yuhanno kitobida koʻp ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan OTA soʻziga qarang. kelgan yagona Oʻgʻilga#1:14 Oʻgʻil — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang. mansub edi.
15Yahyo U haqda guvohlik berib, baland ovozda dedi: “Mening ketimdan kelayotgan Zot mendan ulugʻdir, chunki U mendan oldin mavjud boʻlgan, deb mana shu Kishi haqida aytgan edim.”
16Uning cheksiz inoyati tufayli
Biz hammamiz baraka ustiga baraka oldik.
17Xudo qonunni Muso orqali berdi,
Inoyat va haqiqatni esa
U Iso Masih orqali koʻrsatdi.
18Hech kim hech qachon Xudoni koʻrgan emas,
Samoviy Otaning bagʻridagi,
Aslida Xudo boʻlgan yagona Oʻgʻil#1:18 Samoviy Otaning bagʻridagi, Aslida Xudo boʻlgan yagona Oʻgʻil — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida samoviy Otaning bagʻridagi yagona Oʻgʻil.
Uni bizga tanitdi.
Yahyo choʻmdiruvchining guvohligi
19-20Quddusdagi yahudiylar Yahyoning oldiga ruhoniylarni#1:19-20 ruhoniy — Quddusdagi Maʼbadda xizmat qiladigan eʼtiborli din rahnamosi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi RUHONIY soʻziga qarang. va levilarni#1:19-20 levi — Quddusdagi Maʼbadda ruhoniyga xizmat qilishda yordam beradigan odam. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi LEVI, LEVILAR soʻziga qarang. yubordilar. Ular kelib, Yahyodan:
— Sen kimsan? — deb soʻradilar. Yahyo javob berishdan bosh tortmadi. U shahodat berib, ochiq–oydin:
— Men Masih#1:19-20 Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga koʻra Rabbimiz Iso oʻsha Masihdir. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga qarang. emasman, — deb aytdi. 21Yana undan:
— Boʻlmasa kimsan? Ilyosmisan?#1:21 Ilyos — Eski Ahd davrida yashagan eng buyuk paygʻambarlardan biri. Yahudiylar Ilyosning qaytib kelishini intizorlik bilan kutishardi (Malaki 4:5-6 ga qarang). — deb soʻradilar.
— Yoʻq! — dedi u.
— Biz kutayotgan paygʻambarmisan?#1:21 Biz kutayotgan paygʻambarmisan? — Muso Isroil xalqiga, Xudo sizlar uchun menga oʻxshagan paygʻambar yuboradi, bu paygʻambar oʻz orangizdan kelib chiqadi, deb aytgan edi (Qonunlar 18:15-19 ga qarang). Koʻp yahudiylar bu paygʻambar dunyoning soʻnggi damlarida kelib, ularni zolimlardan qutqarishiga ishonardilar. Musoning bashorati Iso Masihda roʻyobga chiqdi (Havoriylar 3:17-26 ga qarang). — deb savol berdilar. U yana:
— Yoʻq! — deb javob berdi.
22— Unda kimsan? Bizni yuborganlarga javob berishimiz kerak. Sen oʻzing haqingda nima deysan? — deb soʻradilar.
23— Ishayo paygʻambar aytganiday#1:23 Ishayo paygʻambar aytganiday… — muallif bu oʻrinda Ishayo 40:3 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.: “Egamizga toʻgʻri yoʻl oching”, deb choʻlda yangrayotgan ovoz menman, — dedi Yahyo.
24Farziylar#1:24 Farziylar — yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Farziylar Tavrot qonunlariga qatʼiy rioya qilardilar, ogʻzaki ravishda tarqalgan urf–odatlarga hamda poklanish udumlariga izchil amal qilardilar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi FARZIY soʻziga qarang. tomonidan yuborilgan bu odamlar#1:24 Farziylar tomonidan yuborilgan bu odamlar… — yoki Baʼzi farziylar ham yuborilgan edilar. Ular…. 25Yahyoga dedilar:
— Modomiki, sen Masih ham, Ilyos ham, biz kutgan paygʻambar ham emas ekansan, nega xalqni suvga choʻmdirib yuribsan?
26Yahyo ularga javoban shunday dedi:
— Men odamlarni suvga choʻmdiryapman, xolos. Lekin orangizda sizlar tanimaydigan bir Zot bor. 27U mening ortimdan kelyapti#1:27 U mening ortimdan kelyapti… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida U mening ortimdan kelyapti, lekin mendan ilgari bor boʻlgan., shunday boʻlsa–da, men Uning choriq iplarini yechishga ham arzimayman.
28Bu hodisa Iordan daryosining sharqiy qirgʻogʻidagi Baytaniya#1:28 Baytaniya — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Baytavara. Bu oyatdagi Baytaniya qishlogʻi Maryam va Martaning akasi Lazar yashagan, Quddus yonidagi Baytaniya emas (11:1 ga qarang). qishlogʻida yuz bergan edi. Yahyo oʻsha yerda odamlarni suvga choʻmdirib yurardi.
Iso — Xudoning qurbonlik Qoʻzisi
29Ertasi kuni Yahyo Isoning yaqinlashib kelayotganini koʻrib, shunday dedi:
— Ana, Xudoning Qoʻzisi! U dunyoni gunohdan poklaydi! 30Men ana shu Kishi haqida: “Mening ketimdan kelayotgan Zot mendan ulugʻdir, chunki U mendan oldin mavjud boʻlgan”, deb aytgan edim. 31Men Uning kimligini bilmas edim. Lekin Uni Isroil xalqiga tanitish maqsadida, men odamlarni suvga choʻmdirgani keldim.
32Yahyo yana shunday shahodat berdi:
— Men Ruhning osmondan kaptarday uchib kelganini va Uning ustiga qoʻnganini koʻrdim. 33Oʻsha paytgacha men Uning kimligini bilmas edim. Lekin “Odamlarni suvga choʻmdirasan”, deb meni yuborgan Xudo menga shunday degan edi: “Muqaddas Ruh kimning ustiga tushib qoʻnganini koʻrsang, bilki, Muqaddas Ruhga Choʻmdiruvchi Oʻshadir.” 34Men buni koʻrdim va sizlarga: “Bu Xudoning Oʻgʻlidir#1:34 Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang.”, deb aytyapman.
Isoning dastlabki shogirdlari
35Ertasi kuni Yahyo shogirdlarining ikkitasi bilan yana kechagi joyda edi. 36U oʻtib ketayotgan Isoga qarab:
— Ana, Xudoning Qoʻzisi! — dedi.
37Ikkala shogird Yahyoning bu soʻzlarini eshitib, Isoning orqasidan ergashib borishdi. 38Iso oʻgirilib, ularning ergashib kelayotganini koʻrdi–da, ulardan:
— Sizlarga biron narsa kerakmi? — deb soʻradi.
— Ravviy#1:38 Ravviy — oramiycha soʻz. Baʼzi kitobxonlar oramiy tilini bilmaganlari uchun, muallif mana shu soʻzning maʼnosini tushuntirib oʻtgan. Kitobning boshqa joylarida oramiycha Ravviy soʻzi Ustoz deb tarjima qilingan., Siz qayerda turasiz? — deyishdi ular. (Ravviy “ustoz” demakdir.)
39— Yuringlar, koʻrasizlar, — dedi Iso.
Ular borib, Isoning turar joyini koʻrganlarida, soat toʻrt#1:39 soat toʻrt — yunoncha matnda oʻninchi soat, yahudiylarning urf–odatiga koʻra, kunning bu payti oʻsha soat bilan belgilanar edi. boʻlib qolgan edi. Shuning uchun ular oʻsha kuni Iso bilan qolishdi. 40Yahyodan Iso haqida eshitib, Unga ergashganlardan biri Endrus edi. Endrus Shimoʻnning#1:40 Shimoʻn — yunoncha matnda Shimoʻn Butrus. Butrus ismini unga Iso Masih bergan edi (shu bobning 42–oyatiga qarang). Baʼzan u haqda soʻz yuritilganda, ikkala ism ham birgalikda ishlatiladi. ukasi edi. 41U darrov akasi Shimoʻnni topdi–da, unga:
— Biz Masihni topdik, — dedi. (Masih “Xudoning tanlagani” demakdir.) 42Endrus akasini Isoning oldiga olib keldi. Iso unga qarab:
— Sen Yuhanno#1:42 Yuhanno — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida bu ismning boshqa varianti Yunus. oʻgʻli Shimoʻnsan. Sening isming Kifas#1:42 Kifas — oramiycha ism. boʻladi, — dedi.
(Kifas yunonchada Butrus, yaʼni “tosh” demakdir.)
43Ertasi kuni Iso Jalila hududiga bormoqchi boʻldi. U Filipni uchratib, unga:
— Ortimdan yur! — dedi.
44Filip Baytsayda shahridan boʻlib, Endrus va Butrusning hamshahari edi. 45Filip Natanilni#1:45 Natanil — anʼanaga koʻra, Bartolomeyning yana bir ismi. Bartolomey oʻn ikki havoriydan biri edi (Matto 10:3, Mark 3:18, Luqo 6:14 ga qarang). Bu oramiycha ismning maʼnosi Tolomey oʻgʻli deganidir. topib, unga dedi:
— Muso Tavrot kitobida, boshqa paygʻambarlar ham oʻzlarining bitiklarida#1:45 …Tavrot kitobida…paygʻambarlar…oʻzlarining bitiklarida… — odatda yahudiylar, Eski Ahd toʻplami uch qismdan iborat, deb aytadilar. Bu uch qism quyidagilardir: Tavrot (Musoning qonuni degan nom bilan ham yuritiladi), Paygʻambarlar bitiklari (uning tarkibiga baʼzi tarixiy kitoblar ham kirgan) va Bitiklar (Zabur bu qismning birinchi kitobidir). Yahudiylar baʼzan dastlabki ikki qism “Tavrot va Paygʻambarlar bitiklari” deganda butun Eski Ahd toʻplamini nazarda tutadilar. bir Zot toʻgʻrisida yozishgan edi. Biz oʻsha Zotni topdik. U Nosira shahridan, Yusuf oʻgʻli Iso ekan!
46— Nosira shahridan? U yerdan biron yaxshilik chiqarmidi?! — dedi Natanil unga.
— Yur, koʻrasan! — dedi unga Filip.
47Iso yaqinlashib kelayotgan Natanilni koʻrib, u haqda shunday dedi:
— Ana Isroilning haqiqiy avlodi. U hiyla degan narsani bilmaydi#1:47 …Isroilning haqiqiy avlodi…hiyla degan narsani bilmaydi — bu oʻrinda Yoqub va hiyla soʻzlariga soʻz oʻyini ishlatilgan boʻlishi mumkin, chunki Yoqub ismi “hiyla, yolgʻon” maʼnosi bildiradigan soʻzdan kelib chiqqan (Ibtido 25:26 izohiga qarang). Tarjimada aytib oʻtilgan Isroil Yoqubning ikkinchi ismi edi. Xudo Yoqubga Isroil deb ism berishdan oldin, Yoqub akasi Esovni va oʻz otasi Isʼhoqni aldagan edi..
48Natanil Isodan soʻradi:
— Siz meni qayerdan taniysiz?
— Filip seni chaqirmasdan oldin, sen anjir daraxtining tagida eding. Men seni oʻsha yerda koʻrgan edim, — deb javob berdi Iso. 49Shunda Natanil dedi:
— Ustoz, Siz Xudoning Oʻgʻlisiz! Isroilning Shohisiz!
50Iso unga javoban dedi:
— Men senga: “Seni anjir daraxti tagida koʻrdim” deganim uchungina ishonyapsan. Sen bundan ham buyuk ishlarni koʻrasan!
51Soʻng yana shunday deb qoʻshib qoʻydi:
— Sizlarga chinini aytayin: sizlar osmon ochilganini va Xudoning farishtalari Inson Oʻgʻli#1:51 Inson Oʻgʻli — Iso Masih koʻpincha Oʻziga nisbatan ishlatgan unvon. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi INSON OʻGʻLI iborasiga qarang. oldiga tushib–chiqayotganini koʻrasizlar#1:51 …sizlar…koʻrasizlar — yahudiylarning bobokaloni Yoqub akasi Esovdan qochayotgan paytda shunga oʻxshagan tush koʻrgan edi (Ibtido 28:10-15 ga qarang). Bu oyatda Iso Oʻzining hokimiyati osmondan berilganini, U orqali Xudo Oʻzini yer yuzida tanitishini va Yoqubga tushida bergan vaʼdasini bajarishini nazarda tutadi..

Selectat acum:

Yuhanno 1: O‘zbMK

Evidențiere

Partajează

Copiază

None

Dorești să ai evidențierile salvate pe toate dispozitivele? Înscrie-te sau conectează-te