1
Ibtido 9:12-13
Muqaddas Kitob
Sizlar va jamiki tirik jonzot bilan qilayotgan abadiy ahdimning alomati shu boʻladi: Men bulutlar orasida Oʻz kamalagimni hosil qilaman. Bu kamalak Mening olam ahli bilan qilgan ahdimning alomati boʻladi.
Харьцуулах
Ibtido 9:12-13 г судлах
2
Ibtido 9:16
Kamalak bulutlar orasida turganda, Men kamalakni koʻrib, yer yuzidagi tirik jonzot bilan Oʻzim qilgan abadiy ahdimni yodimda tutaman.”
Ibtido 9:16 г судлах
3
Ibtido 9:6
Kimki inson qonini toʻksa, Uning qonini ham inson toʻkar. Zero, inson zotini Men, Xudo, Yaratganman Oʻz suratimda.
Ibtido 9:6 г судлах
4
Ibtido 9:1
Xudo Nuh bilan uning oʻgʻillariga marhamat qilib, ularga dedi: “Uvali–juvali boʻlinglar, yer yuzini toʻldiringlar.
Ibtido 9:1 г судлах
5
Ibtido 9:3
Oʻtni va sabzavotlarni sizlarga yemish qilib berganim singari, hamma tirik jonzotlarni ham sizlar uchun yemish qilib beraman.
Ibtido 9:3 г судлах
6
Ibtido 9:2
Yer yuzidagi jamiki hayvonlar, osmondagi hamma qushlar, yerda sudralib yuruvchi jonivor va hasharotlarning hammasi, dengizdagi hamma baliqlar sizlardan qoʻrqib, hurkadigan boʻladi. Bularning hammasi ustidan sizlar hukmron boʻlasizlar.
Ibtido 9:2 г судлах
7
Ibtido 9:7
Barakali boʻlib koʻpayinglar, yer yuzida toʻlib–toshib, tobora ortib boringlar.”
Ibtido 9:7 г судлах
Нүүр хуудас
Библи
Тѳлѳвлѳгѳѳнүүд
Бичлэгүүд