YouVersion Logo
Search Icon

Yoshua 15

15
15–BOB
Yahudo qabilasining hududi
1Yahudo qabilasining urugʻlariga tushgan ulush yurtning janub tomonida edi. Ularning janubdagi yerlari Edom yurtining chegarasi boʻlgan Zin choʻligacha yetdi.
2Ularning janubiy chegarasi Oʻlik dengizning#15:2 Oʻlik dengiz — ibroniycha matnda Tuz dengizi (shu bobning 5–oyatida ham bor). janubiy qirgʻogʻidan boshlanadi. 3Chegara Chayonlar dovonidan#15:3 Chayonlar dovoni — ibroniycha matnda Akrabim dovoni, maʼnosi chayonlar dovoni. oʻtib, janub tomonga, Zin choʻli tomon choʻziladi. Kadesh–Barna shahrining janub tomonidan oʻtib, Xazron shahrigacha boradi. Xazrondan oʻtgandan keyin Adar shahrigacha borib, Karxa shahri tomonga buriladi. 4Bu chegara Ozmon shahrigacha borib, Misr chegarasidagi irmoqdan#15:4 Misr chegarasidagi irmoq — 13:3 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang. ham oʻtadi–da, Oʻrta yer dengizining yonida tugaydi. Yahudo qabilasining janubiy chegarasi ana shunday boʻladi.
5Ularning sharqiy chegarasi Oʻlik dengizdir. Bu chegara shimoldagi Iordan daryosi Oʻlik dengizga quyiladigan joygacha choʻziladi. Mana shu joydan shimoliy chegara boshlanadi.
6Shimoliy chegara Oʻlik dengizning gʻarbidagi Bayt–Xoʻglaxgacha choʻzilib, Bayt–Arabaning shimolidan oʻtadi–da, Ruben oʻgʻli Boʻxanning nomi bilan atalgan tosh turgan joygacha boradi. 7Keyin chegara Oxor soyligidan Davirgacha#15:7 Davir — shu bobning 15–oyatida hamda 10:38-39 da aytib oʻtilgan Davirdan boshqa shahar. borib, shimolga — Gilgal#15:7 Gilgal — 4:19 da aytib oʻtilgan Yerixo yonidagi Gilgal emas. tomonga buriladi. Gilgal soylikning janubida boʻlgan Adum dovonining roʻparasida edi. Chegara En–Shamash bulogʻidan oʻtib, En–Roʻgʻolga boradi. 8Keyin Xinnum soyligining tepasidan kesib oʻtib, Yobus xalqiga qarashli boʻlgan tepalikning, yaʼni Quddusning janubiy yon bagʻridan oʻtadi. Chegara u yerdan Xinnum soyligining gʻarbidagi qirning tepasiga — Rafa vodiysining shimoliy chetigacha boradi. 9Chegara togʻning tepasidan Naftuva buloqlari tomon choʻzilib, Efroʻn togʻining shaharlarigacha boradi, keyin esa Baalax tomonga buriladi. Bu shahar hozirgi paytda#15:9 hozirgi paytda — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. Xirat–Yoʻrim deb ataladi. 10Shundan keyin bu shimoliy chegara Baalaxning gʻarb tomonini aylanib oʻtib, Seir togʻlarigacha#15:10 Seir togʻlari — 11:17 izohiga qarang. boradi. Keyin Yoʻrim togʻining shimoliy yon bagʻridan oʻtadi. Xisalon shahri shu yerda joylashgan. U yerdan chegara Bayt–Shamash shahrigacha#15:10 Bayt–Shamash shahri — 19:41 da aytib oʻtilgan Ir–Shamashning yana bir nomi boʻlishi mumkin. Oʻsha davrda Bayt–Shamash nomli yana ikkita shahar bor edi (19:22, 38 ga qarang). boradi va Timnax shahridan oʻtadi. 11Keyin chegara Exron shahrining shimolidagi tepalikning yon bagʻridan oʻtib, Shikkaron shahri tomonga buriladi. Keyin Baalax togʻining yonidan oʻtib, Yobnail shahriga boradi. Shimoliy chegara Oʻrta yer dengizining oldida tugaydi.
12Oʻrta yer dengizining#15:12 Oʻrta yer dengizi — ibroniycha matnda Buyuk dengiz (shu bobning 47–oyatida ham bor). qirgʻogʻi gʻarbiy chegarani tashkil qiladi.
Mana shu chegaralar hududida Yahudo qabilasining urugʻlari yashaydi.
Xevron va Davir shaharlarini Xolib magʻlub qiladi
13Egamiz buyurganday, Yoshua Yafunax oʻgʻli Xolibga Yahudo qabilasining hududidan ulush berdi. Bu ulush Xirat–Arba#15:13 Hozirgi paytda — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. shahri edi. Arba Onoq avlodining#15:13 Xirat–Arba — ibroniychadagi maʼnosi Arba shahri. bobokaloni edi. Hozirgi paytda#15:13 Onoq avlodi — 11:21 izohiga qarang. Xirat–Arba shahri Xevron deb ataladi. 14Xolib u yerdan Onoq avlodini — Sheshay, Oximan va Talmay urugʻlarini quvib chiqardi. 15Yahudo qabilasining odamlari u yerdan Davir shahriga#15:15 Davir shahri — Xevron shahridan qariyb 16 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan. hujum qilish uchun yoʻlga tushishdi. Davirning eski nomi Xirat–Safar edi. 16Shunda Xolib: “Xirat–Safarga hujum qilib, qoʻlga kiritgan kishiga qizim Axsani beraman”, — dedi. 17Oʻtniyol shaharni qoʻlga kiritdi, Xolib esa unga qizi Axsani uzatdi. Oʻtniyol Xolibning Xanaz ismli ukasining oʻgʻli edi. 18Toʻydan keyin qiz Oʻtniyolga: “Keling, otamdan#15:18 …qiz Oʻtniyolga: “Keling, otamdan… — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalarida …Oʻtniyol qizga: “Kel, otangdan…. bir dala soʻrab olaylik”, deb turib oldi. Xolib eshakdan tushayotgan qiziga: “Ha, qizim, biron–bir istaging bormi?” — deb soʻradi. 19“Menga bir sovgʻa qilsangiz, — dedi Axsa. — Siz menga Nagav choʻlidagi#15:19 Nagav choʻli — 10:40 izohiga qarang. yerni berdingiz, endi suv buloqlarini ham hadya eting.” Shunday qilib, Xolib unga tepadagi va pastdagi buloqlarni#15:19 tepadagi va pastdagi buloqlar — tepadagi buloq — togʻdagi buloqqa ishora. Echkilarni sugʻorish uchun oʻsha buloq suvidan foydalanilgan. Pastdagi buloq — tekislikdagi buloqqa ishora. Yer ostidan suv chiqib, hovuzni hosil qilgan. Bu buloq suvidan donlarni sugʻorish uchun foydalanilgan. berdi.
Yahudo shaharlari
20Quyida aytib oʻtilgan yerlarni Yahudo qabilasi ulush qilib oldi. 21Bu hududning eng janubidagi — Edom yurti chegarasidagi shaharlarning nomlari quyidagicha edi: Kabzil, Eder, Yogʻur, 22Xino, Dimona, Adad, 23Kedesh, Xazor, Yitnon, 24Zif, Talim, Boloʻt, 25Xazor–Xadatto, Xariyoʻt–Xazron, yaʼni Xazor, 26Emom, Shama, Moʻlodax, 27Xazor–Gaddax, Xashmon, Bayt–Palat, 28Xazor–Shuvol, Bersheba, Bizyoʻtayox, 29Baalax, Iyim, Ezam, 30Eltoʻlad, Xasil, Xoʻrmax, 31Zixlax, Madmanno, Sansanno, 32Laboyoʻt, Shilxim, Oyin, Rimmon — hammasi boʻlib yigirma toʻqqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
33Qir etaklarining shimolidagi shaharlarning nomi esa quyidagicha edi: Eshtoyoʻl, Zorox, Ashnah, 34Zonoʻvax, En–Xannim, Tappux, Enom, 35Yarmut, Adullam, Soʻxu, Ozikah, 36Sharayim, Aditayim, Gadera (yoki Gaderatayim) — hammasi boʻlib oʻn toʻrtta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
37Qir etaklarining janubida quyidagi shaharlar bor edi: Zinon, Hadasha, Migdal–Gad, 38Dilan, Mispax, Yoxtal, 39Laxish, Bozxat, Eglon, 40Kabboʻn, Laxmos, Xitlish, 41Gaderoʻt, Bayt–Doʻgʻon, Namax, Makkedo — hammasi boʻlib oʻn oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
42Qir etaklarining markaziy qismidagi shaharlar quyidagilar edi: Libna, Eter, Oshon, 43Yiftox, Ashnah, Naziv, 44Keylax, Axsib, Morisho — hammasi boʻlib toʻqqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
45Yahudo qabilasining hududi Exronning barcha shaharlari va ularning atrofidagi qishloqlarni oʻz ichiga olar edi. 46Chegara Exrondan gʻarbga, Oʻrta yer dengizi tomon choʻzilib, Ashdodning yonida boʻlgan barcha shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlarni oʻz ichiga olar edi. 47Ularning hududi Ashdod va uning shaharlariyu qishloqlarini, Gʻazo va u yerdan Misr chegarasidagi irmoqqacha#15:47 Misr chegarasidagi irmoq — 13:3 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang. boʻlgan joylardagi shaharlar va qishloqlarni, Oʻrta yer dengizining qirgʻogʻi boʻyidagi shaharlarni oʻz ichiga olar edi.
48Yahudo qabilasi qirlarda quyidagi shaharlarni ulush qilib oldi: Shomir, Yatir, Soʻxu, 49Danno, Xirat–Sanno, yaʼni Davir, 50Onov, Eshtamoʻva#15:50 Eshtamoʻva — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Eshtamoʻx. Uning Eshtamoʻva degan shakli 21:14 dan olingan., Onim, 51Goʻshen, Xoʻlun va Gilox — hammasi boʻlib oʻn bitta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
52Qirlardagi quyidagi shaharlar Yahudo qabilasining hududiga kirar edi: Arab, Dumax, Ishan, 53Yonum, Bayt–Tappux, Ofoqa, 54Xumtax, Xirat–Arba, yaʼni Xevron va Zior — hammasi boʻlib toʻqqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
55Yana qirlarda quyidagi shaharlar Yahudo qabilasining ulushi boʻldi: Moyun, Karmil, Zif, Yutto, 56Yizril, Yoxdayom, Zonoʻvax, 57Qayin, Givo va Timnax — hammasi boʻlib oʻnta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
58Qirlardagi mana bu shaharlar ham oʻsha hududga kirardi: Xalxul, Bayt–Zur, Gadoʻr, 59Marot, Bayt–Anoʻt va Eltaxoʻn — hammasi boʻlib oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
60Xirat–Baal, yaʼni Xirat–Yoʻrim va Rabba — qirlardagi mana shu ikki shahar va ularning atrofidagi qishloqlar ham Yahudo qabilasining ulushi boʻldi.
61Oʻlik dengiz boʻyidagi adirlarda joylashgan quyidagi shaharlar ham Yahudo qabilasiga tegishli boʻldi: Bayt–Araba, Middin, Saxoxo, 62Nivshon, Tuz shahri va En–Gedi — hammasi boʻlib oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
63Ammo Yahudo qabilasi Yobus xalqini Quddusdan haydab chiqara olmadi#15:63 …Yobus xalqini Quddusdan haydab chiqara olmadi — Isroil xalqi Quddusni shoh Dovud davrida qoʻlga kiritgan (2 Shohlar 5:6-7 ga qarang), lekin shundan keyin ham butun Yobus xalqini shahardan haydab chiqarmagandi (2 Shohlar 24:16 ga qarang).. Bugungacha#15:63 Bugungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. Yobus xalqi Yahudo xalqi bilan birga Quddusda yashaydi.

Currently Selected:

Yoshua 15: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in