YouVersion Logo
Search Icon

Yunus 3

3
3–BOB
Yunus Naynavo aholisini tavbaga chaqiradi
1Yunusga Egamiz ikkinchi marta shu soʻzlarni ayon qildi: 2“Qani, boʻl, qudratli Naynavo shahriga#3:2 Naynavo shahri — 1:2 izohiga qarang. borib, Mening soʻzlarimni jar solib u yerdagilarga eʼlon qil.”
3Yunus Egamizning amriga boʻysunib, Naynavo tomonga ketdi. Naynavo juda katta shahar boʻlib, uni aylanib chiqishga uch kun vaqt ketardi. 4Yunus shahar boʻylab bir kun yoʻl yurib oʻtdi. U aylanib yurib: “Yana qirq kundan keyin Naynavo xarob boʻladi”, deb jar soldi.
5Naynavoliklar Xudoga ishonib, roʻza tutamiz, deb eʼlon qildilar. Shahardagi kattayu kichik tavba qilib qanorga oʻrandi#3:5 …qanorga oʻrandi — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Qanorga oʻranib olish va kulga oʻtirish (shu bobning 6–oyatiga qarang) umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan..
6Bu xabar Naynavo shohiga ham yetib bordi. U taxtdan tushib, shohona liboslarini yechdi, qanorga oʻranib, kulga oʻtirdi. 7Oʻzi va amaldorlari nomidan butun Naynavo boʻylab quyidagi farmonni eʼlon qildi: “Na insonlar, na hayvonlar — mol–qoʻylar hech narsa yemasin, suv ichmasin. 8Insonlar ham, hayvonlar ham qanorga oʻransin. Har kim Xudoga yalinib iltijo qilsin, yovuz qilmishidan qaytsin, zulm qilmasin. 9Kim biladi, balki Xudo rahm qilib, bizga boʻlgan gʻazabini qaytarar, biz halok boʻlmasmiz.”
10Xudo ularning qilgan ishlarini, yovuz qilmishlaridan qaytganini koʻrib, rahm qildi va ularning ustiga “yuboraman”, deb aytgan ofatni yubormadi.

Currently Selected:

Yunus 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy