YouVersion Logo
Search Icon

Ibtido 11

11
11–BOB
Bobil minorasi
1Butun yer yuzida bitta til boʻlib, hamma odamlar bir xil soʻzlashardilar. 2Odamlar sharqdan#11:2 sharqdan — yoki sharqqa. koʻchib, Shinar yeridagi#11:2 Shinar yeri — 10:10 ning birinchi izohiga qarang. bir tekislikka keldilar va oʻsha yerda joylashdilar. 3Odamlar bir–birlariga: “Kelinglar, gʻisht quyib, yaxshilab pishiraylik”, dedilar. Shunday qilib, ular qurilish uchun gʻishtdan, qorishma uchun qora saqichdan foydalanadigan boʻldilar. 4Keyin odamlar aytdilar: “Kelinglar, oʻzimiz uchun shahar quraylik, shahar minorasining choʻqqilari osmonga tegib tursin. Shu tariqa nom tarataylik. Aks holda, biz butun yer yuziga tarqalib ketamiz.” 5Odamlar qurayotgan shaharni va minorani koʻrish uchun Egamiz pastga tushdi. 6Egamiz dedi: “Qaranglar, hammasi bitta xalq, hammasining tili bir! Bu hali ular qilmoqchi boʻlgan ishning boshlanishi, xolos. Hademay, ular koʻngliga kelgan ishni qilishga qodir boʻladilar. 7Qani, pastga tushaylik–da, ularning tilini aralashtirib yuboraylik, toki birining gapini ikkinchisi tushunolmay qolsin.” 8Shunday qilib, Egamiz ularni oʻsha yerdan butun yer yuzi boʻylab tarqatib yubordi. Odamlar shahar qurilishini toʻxtatdilar. 9Egamiz hamma odamlarning tilini oʻsha yerda chalkashtirib, ularning oʻzlarini butun yer yuziga tarqatib yuborgani uchun shaharning nomi Bobil#11:9 Bobil — bu nom ibroniychadagi chalkashtirib yuborilgan soʻziga ohangdosh. boʻlib qoldi.
Somning avlodlari
10Somning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:
Som 100 yoshga kirganda, oʻgʻli Arpaxshodni koʻrgan edi#11:10 …oʻgʻli…koʻrgan edi — bu oyatda hamda shu bobning 11-25–oyatlarida ishlatilgan bu ibroniycha jumla uning naslida…tugʻilgan edi degan maʼnoni ham anglatishi mumkin (5:3 izohiga qarang).. Arpaxshod tugʻilganda, toʻfon boʻlib oʻtganiga ikki yil boʻlgan edi. 11Arpaxshod tugʻilgandan keyin, Som 500 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
12Arpaxshod 35 yoshida oʻgʻli Shilaxni koʻrgan edi#11:12 Arpaxshod…oʻgʻli Shilaxni koʻrgan edi — 10:24 izohiga qarang.. 13Shilax tugʻilgandan keyin, Arpaxshod 403 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
14Shilax 30 yoshida oʻgʻli Ibirni koʻrgan edi. 15Ibir tugʻilgandan keyin, Shilax 403 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
16Ibir 34 yoshida oʻgʻli Palaxni koʻrgan edi. 17Palax tugʻilgandan keyin, Ibir 430 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
18Palax 30 yoshida oʻgʻli Ravuni koʻrgan edi. 19Ravu tugʻilgandan keyin, Palax 209 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
20Ravu 32 yoshida oʻgʻli Sarugʻni koʻrgan edi. 21Sarugʻ tugʻilgandan keyin, Ravu 207 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
22Sarugʻ 30 yoshida oʻgʻli Naxoʻrni koʻrgan edi. 23Naxoʻr tugʻilgandan keyin, Sarugʻ 200 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
24Naxoʻr 29 yoshida oʻgʻli Terahni koʻrgan edi. 25Terah tugʻilgandan keyin, Naxoʻr 119 yil yashab, yana oʻgʻil–qizlar koʻrdi.
26Terah 70 yoshdan oʻtgandan keyin oʻgʻillari Ibrom#11:26 Ibrom — Ibrohimning avvalgi ismi. Keyinchalik Xudo uning ismini Ibrohim deb oʻzgartirdi (17:3-5 ga qarang)., Naxoʻr va Xaronni koʻrgan edi.
Terahning avlodlari
27Terahning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:
Terahdan Ibrom, Naxoʻr va Xaron tugʻildilar. Xarondan Lut tugʻildi. 28Terah hali hayot ekan, Xaron oʻzining tugʻilgan yurtida — Xaldeydagi Ur shahrida#11:28 Xaldeydagi Ur shahri — Xaldey hozirgi Iroqning janubida, Fors qoʻltigʻining shimolida joylashgan yerlar edi. Ur shahri Mesopotamiyadan, yaʼni Dajla va Furot daryolari orasidagi hududdan Oʻrta yer dengiziga boradigan asosiy savdo yoʻllari ustida joylashgan edi. otasidan oldin olamdan oʻtdi. 29Ibrom — Soray#11:29 Soray — Soraning avvalgi ismi. Keyinchalik Xudo uning ismini Sora deb oʻzgartirdi (17:15 ga qarang). degan qizga, Naxoʻr — Milxo degan qizga uylandilar. Milxo Xaronning qizi edi. Milxoning Iskax degan singlisi ham bor edi. 30Soray bepusht boʻlib, bolasi yoʻq edi.
31Terah oʻgʻli Ibromni, Xaronning oʻgʻli — nabirasi Lutni, Ibromning xotini — kelini Sorayni ergashtirib, Xaldeydagi Ur shahridan chiqib, Kanʼon yurtiga qarab yoʻl oldi. Ular Xoron shahriga#11:31 Xoron shahri — Ur shahridan qariyb 900 kilometr shimoli–gʻarbda, hozirgi Turkiyaning janubi–sharqida joylashgan (yana shu bobning 28–oyati izohiga qarang). kelishgach, oʻsha yerda oʻrnashdilar. 32Terah 205 yoshida Xoronda olamdan oʻtdi.

Currently Selected:

Ibtido 11: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in