Chiqish 15:23-25
Chiqish 15:23-25 O‘ZBMK
Undan keyin Maroga bordilar. Ammo Maroning suvi taxir boʻlgani uchun icholmadilar. Shuning uchun ham u yerga Maro deb nom berilgan edi. Xalq esa: “Endi nima ichamiz?” deb Musoga mingʻirlab nolidi. Muso esa Egamizga iltijo qilgan edi, Egamiz Musoga bir choʻpni koʻrsatdi. Muso choʻpni olib suvga tashlagan edi, suv ichishga yaroqli boʻlib qoldi. Shunday qilib, oʻsha yerda Egamiz Isroil xalqini sinadi. Egamiz ularga yashash qonun–qoidasini berdi.