YouVersion Logo
Search Icon

Havoriylar 14

14
14–BOB
1Xuddi shunga oʻxshash voqea Ikoniya shahrida#14:1 Ikoniya shahri — Ikoniya, Listra va Darba shaharlari Likoniyada joylashgan edi (shu bobning 6–oyatiga qarang). Likoniya Rimning Galatiya viloyatidagi bir tuman boʻlgan. yuz berdi: Pavlus bilan Barnabo sinagogaga kirib, otashin vaʼz aytdilar. Natijada bir qancha yahudiylar bilan gʻayriyahudiylar#14:1 gʻayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar. Oʻsha davrda yunonlar soʻzi nafaqat millati yunon boʻlgan, balki yunon tilida soʻzlashuvchi, yunon urf–odatlariga rioya qiluvchi odamlarga nisbatan ham ishlatilgan. Sinagogalarga borib, u yerdagi marosimlarda qatnashadigan gʻayriyahudiylar “Xudodan qoʻrqadiganlar” deb atalgan (10:2 izohiga qarang). imonga keldilar. 2Ammo imonga kelmagan yahudiylar gʻayriyahudiylarni qayrab, ularni imonlilarga qarshi qoʻzgʻatdilar. 3Pavlus bilan Barnabo bu yerda uzoq vaqt qolib, Rabbimiz Iso haqida jasorat bilan gapiraverdilar. Rabbimiz ham ularga moʻjizalar va alomatlar koʻrsatish qudratini berib, Oʻzining marhamati haqidagi xabarni ular orqali tasdiqladi. 4Shahar aholisi esa ikkiga boʻlindi: baʼzilari yahudiylar tomonga oʻtdi, boshqalari esa havoriylarga qoʻshildi.
5Shundan keyin yahudiylar va gʻayriyahudiylar oʻz yoʻlboshchilari bilan birga havoriylarga hamla qilib, ularni toshboʻron qilmoqchi boʻldilar. 6Havoriylar bu toʻgʻrida bilib qolganlaridan keyin Likoniyaning boshqa hududlariga qochib ketdilar. Ular Listra va Darba shaharlarida va ularning yon–atrofidagi joylarda ham 7Xushxabarni vaʼz qilishda davom etdilar.
Listra va Darba shaharlarida
8Listra shahrida bir odam boʻlib, oyoqlarini qimirlata olmasdan oʻtirardi. U tugʻma mayib boʻlib, hech qachon yurmagan edi. 9Pavlus gapirayotganda, u quloq solib oʻtirgan edi. Pavlus unga tikilib qaradi. U odamning shifo topishiga ishonchi borligini koʻrib, 10unga baland ovozda dedi:
— Oʻrningdan tur!#14:10 Oʻrningdan tur! — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Rabbim Iso Masih nomidan senga aytaman: oʻrningdan tur!
U odam sakrab oʻrnidan turdi–da, yura boshladi. 11Olomon Pavlusning qilgan ishini koʻrgach, Likoniy tilida: “Xudolar bizning oldimizga inson qiyofasida kelibdi!” deb shovqin soldilar. 12Ular Barnaboni Zevs, Pavlus notiq boʻlgani uchun uni Xermes#14:12 …Zevs…Xermes… — qadimdagi yunonlarning xudolaridan ikkitasi. Zevs — oliy xudo, Xermes esa hamma xudolarning, xususan Zevsning elchisi hisoblangan. deb atashdi. 13Zevsning maʼbadi shahar tashqarisida edi. Zevs ruhoniysi shahar darvozalariga buqalar va gulchambarlar olib keldi. Ruhoniy bilan olomon qurbonlik nazr qilmoqchi boʻldilar. 14Havoriylar Barnabo bilan Pavlus buni eshitib, qattiq iztirob chekib, kiyimlarini yirtdilar#14:14 …kiyimlarini yirtdilar… — bu harakat yuz berayotgan voqeadan ularning hayratlanib, iztirobga tushganlarini koʻrsatadi., olomon orasiga yorib kirdilar. Ular shunday deb baqirdilar:
15— Nimaga bunday qilyapsizlar! Biz ham sizlar singari, insonlarmiz! Biz sizlarga Xushxabar olib keldik, toki sizlar anavi behuda narsalardan yuz oʻgiringlar, osmon bilan yerni, dengizni va ulardagi hamma mavjudotni yaratgan barhayot Xudoga yuz buringlar. 16Oʻtmishda Xudo hamma xalqlarni oʻz holiga qoʻydi. 17Ammo shunga qaramay, Oʻz ezguligini koʻrsatib, osmondan yomgʻir yogʻdirib keldi, mavsumida hosil berdi, rizqingizni tugal qilib, yuraklaringizni shodlikka toʻldirdi.
18Shu gaplarni aytib, havoriylar, biz uchun qurbonlik keltirmanglar, deb olomonni zoʻrgʻa toʻxtatib qoldilar#14:18 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar oyatga qoʻshimcha qilingan: va ularni uy–uylariga yubordilar. Oʻzlari esa yana shu yerda taʼlim berishni davom etdilar..
19Antioxiya va Ikoniyadan baʼzi bir yahudiylar kelib, xalqni oʻzlariga ogʻdirib oldilar. Ular#14:19 …kelib, xalqni oʻzlariga ogʻdirib oldilar. Ular… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida …u yerga keldi. Havoriylar jasorat bilan vaʼz aytib turganda, oʻsha yahudiylar: “Ular biron haqiqatni aytishgani yoʻq, hamma soʻzlari yolgʻon”, deb xalqni havoriylardan yuz oʻgirishga undadilar. Xalqni oʻzlariga ogʻdirib olgach, ular…. Pavlusni toshboʻron qildilar va “U oʻldi, shekilli”, deb uni shahardan tashqariga sudrab chiqarib tashladilar. 20Shogirdlar Pavlusning atrofiga yigʻilganlaridan keyin esa, u oʻrnidan turib, shaharga qaytib kirdi. Ertasi kuni esa Barnabo bilan birga Darba shahriga ketdi.
Pavlus va Barnabo Suriyaning Antioxiya shahriga qaytadilar
21Ular Xushxabarni Darba shahrida vaʼz qilib, koʻp shogirdlar orttirganlaridan keyin, Listra shahriga, soʻngra Ikoniya va Antioxiya shaharlariga qaytib keldilar. 22Ular shogirdlarni imonda sobit qolishga undab: “Biz Xudoning Shohligiga kirishimiz uchun koʻp mashaqqatlarni boshdan kechirishimiz kerak”, deb dalda berardilar. 23Ular har bir imonlilar jamoatiga oqsoqollar tayin qildilar. Soʻng ibodat qilib va roʻza tutib, oqsoqollarni oʻzlari ishongan Rabbimiz Isoning panohiga topshirdilar.
24Soʻngra ular Pisidiyadan oʻtib, Pamfiliyaga keldilar. 25Perga shahrida Iso haqidagi xabarni vaʼz qilganlaridan keyin, Attaliyaga ketdilar. 26Soʻng kemada Antioxiyaga qaytib keldilar. Bu shahardagi jamoat ularni mana shu qilgan ishlari uchun Xudoning marhamatiga topshirgan edi#14:26 …jamoat ularni…Xudoning marhamatiga topshirgan edi — 13:1-3 ga qarang.. 27Havoriylar Antioxiyaga kelganlaridan keyin, jamoatni bir joyga yigʻdilar va Xudo ular orqali nimalar qilganini, gʻayriyahudiylarning imonga kelishi uchun Xudo qanday yoʻl ochib berganini aytib berdilar. 28Havoriylar bu yerda shogirdlar bilan birga ancha vaqt qoldilar.

Currently Selected:

Havoriylar 14: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in