1 Timoʻtiy 3
3
3–BOB
Jamoat yetakchisining xislatlari
1“Imonlilar jamoatining yetakchisi boʻlishga intilgan inson olijanob ishni orzu qilgan boʻladi” degan gap toʻgʻri va asoslidir. 2Darhaqiqat, bunday olijanob vazifaga tayinlanadigan inson yaxshi nom chiqargan boʻlishi shart. U oʻz xotiniga vafodor#3:2 …oʻz xotiniga vafodor… — yunoncha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …bir ayolning eri…. Pavlus yashagan davrda koʻp xotinlik jamiyat tomonidan qabul qilinmagan, shu bois kam uchragan. Shuning uchun Pavlus koʻp xotinlikni nazarda tutmagan boʻlishi mumkin. Bu yunoncha iborani faqat bir marta uylangan deb ham tarjima qilsa boʻladi. Ammo Pavlus qayta turmush qurishni man etmagan, bevalarga qayta turmush qurishni maslahat bergan (5:14 ga va Rimliklar 7:1-3, 1 Korinfliklar 7:8-9, 39-40 ga qarang). Mana shu sabablarga koʻra, Pavlus bu oʻrinda yetakchining oʻz xotiniga vafodor qolishini nazarda tutgan boʻlsa kerak., mulohazali, vazmin, odobli, mehmondoʻst, taʼlim berishga qobiliyatli boʻlsin. 3U mayxoʻr, jahldor, janjalkash emas, balki muloyim, pulparastlikdan yiroq, 4xonadonini yaxshi boshqaradigan, farzandlari unga boʻysunib hurmat qiladigan boʻlsin. 5Agar yetakchi oʻz xonadonini boshqara olmasa, Xudoning jamoatiga qanday gʻamxoʻrlik qila oladi?! 6Endigina imonga kirgan odam yetakchi boʻlmasin, tagʻin kerilib, iblisning halokatli changaliga tushib qolmasin#3:6 …iblisning halokatli changaliga tushib qolmasin — yoki iblisga oʻxshab jazo olmasin, ammo shu bobning 7–oyatiga va 1:20 ga qarang.. 7U jamoatga qarashli boʻlmagan odamlar orasida ham hurmat–eʼtiborga ega boʻlsin. Shunda u malomatga qolmaydi, shaytonning tuzogʻiga tushmaydi.
Jamoat xizmatchisining xislatlari
8Imonlilar jamoatining xizmatchilari ham hurmatga sazovor, samimiy insonlar boʻlishlari lozim. Ular mayxoʻr yoki molparast boʻlmasinlar. 9Xudo bizga ayon etgan haqiqat boʻyicha yashab, barcha ishni vijdonan bajarsinlar. 10Ular avval sinovdan oʻtishi kerak. Agar kamchiliksiz boʻlsalar, xizmatga tayinlansinlar. 11-12Har bir xizmatchi oʻz xotiniga vafodor#3:11-12 …oʻz xotiniga vafodor… — shu bobning 2–oyati izohiga qarang., farzandlarini va xonadonini yaxshi boshqaradigan odam boʻlishi shart. Xizmatchi ayollar#3:11-12 Xizmatchi ayollar — yunoncha matndagi soʻz umuman ayol kishiga, aniqrogʻi, turmushga chiqqan ayolga nisbatan ishlatiladi. Shuning uchun bu oʻrindagi iborani xizmatchilarning xotinlari deb ham tarjima qilsa boʻladi. Bu oʻrinda Pavlus jamoatdagi xizmatchi ayollarni nazarda tutgan boʻlishi mumkin (misol uchun, Rimliklar 16:1 ga qarang). ham hurmatga sazovor boʻlishlari lozim. Ular gʻiybat qilmaydigan, mayxoʻrlikka berilmagan, har narsada ishonchli boʻlsinlar. 13Jamoatdagi oʻz xizmatini yaxshi bajarganlar el orasida taniladilar. Ular Iso Masihga boʻlgan imonda yuksak jasoratga ega boʻladilar.
Xudo ayon etgan haqiqat
14-15Men yaqin orada oldingga boraman degan umiddaman. Bordi–yu, kechiksam, Xudoning xonadonida odamlar oʻzlarini qanday tutishlari kerakligini bilishing uchun bularni senga yozdim. Zero, jamoat barhayot Xudoga tegishlidir, jamoat haqiqatning poydevori va ustunidir. 16Darhaqiqat, Xudo bizga ayon etgan haqiqat buyukdir. Asl xudojoʻylikning manbai boʻlmish bu haqiqat quyidagichadir#3:16 …bu haqiqat quyidagichadir — mazkur oyatdagi sheʼriy parcha masihiylar sajda qilish paytida oʻz imonini tasdiqlab aytgan soʻzlari yoki Xudoni ulugʻlab aytgan ilk qoʻshiqlaridan biri boʻlishi mumkin.:
Masih#3:16 Masih — yunoncha matnda U. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Xudo. yer yuziga inson boʻlib keldi.
Yangi, ulugʻvor hayot uchun oʻlikdan tirilib,
Xudoning Oʻgʻli deb tasdiqlandi#3:16 Yangi, ulugʻvor hayot uchun oʻlikdan tirilib, Xudoning Oʻgʻli deb tasdiqlandi — yunoncha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi U ruhda tasdiqlandi. Bu oʻrinda ruhda soʻzi insonning tirilgan tanadagi yangi holatiga ishora qiladi. Iso Masihning oʻlikdan tirilgani Uni haqiqatan Xudoning Oʻzi yuborganini va Iso Xudoning Oʻgʻli ekanini tasdiqlaydi (Rimliklar 1:4 ga qarang, yana Yuhanno 2:18-22, Havoriylar 2:22-36 ga qarang)..
U zohir boʻldi farishtalarga#3:16 U zohir boʻldi farishtalarga — Iso Masih tirilgandan keyin samoda ulugʻvorlik bilan zohir boʻlishiga ishora (1 Butrus 3:22, Efesliklar 1:20-21, Filippiliklar 2:9-11, Ibroniylar 1:3-4, Vahiy 5:11-14 ga qarang)..
U haqdagi Xushxabar eʼlon etildi xalqlarga,
Dunyo boʻylab odamlar Unga imon keltirdi.
Ulugʻvorlikka burkanib U samoga yuksaldi.
Currently Selected:
1 Timoʻtiy 3: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020