1
Matto 13:23
Muqaddas Kitob
Yaxshi tuproqqa sepilgan urugʻlar esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitib, uning maʼnosini tushunib oladilar. Ularning baʼzilari yuz barobar, baʼzilari oltmish barobar va baʼzilari oʻttiz barobar moʻl hosil beradilar.”
Compare
Explore Matto 13:23
2
Matto 13:22
Tikanlar orasiga sepilgan urugʻlar shunday odamlarni bildiradiki, ular Xudoning kalomini eshitadilar, lekin dunyoning tashvishlari va boylikka oʻchlik kalomni boʻgʻib qoʻyadi, kalom esa samarasiz qoladi.
Explore Matto 13:22
3
Matto 13:19
Osmon Shohligi toʻgʻrisidagi kalomni eshitgan, ammo tushunib olmagan odamga yovuz shayton kelib, uning yuragiga ekilgan kalomni oʻgʻirlab ketadi. Soʻqmoq yoʻl ustiga tushgan urugʻlar ana shularga ishoradir.
Explore Matto 13:19
4
Matto 13:20-21
Toshloq yerga sepilgan urugʻlar esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitganda, uni darrov sevinch bilan qabul qiladilar. Lekin ularning ildizi boʻlmagani uchun uzoq vaqtga chidamaydilar. Kalom tufayli qiyinchilik yoki quvgʻinga duchor boʻlishsa, darrov chekinadilar.
Explore Matto 13:20-21
5
Matto 13:44
Osmon Shohligi dalada yashirilgan xazinaga oʻxshaydi. Bir odam uni topib olibdi. Uni yana yashirib, xursand boʻlganidan bor–yoʻgʻini sotib, u dalani xarid qilibdi.
Explore Matto 13:44
6
Matto 13:8
Yana boshqa urugʻlar esa yaxshi tuproqqa tushibdi. Baʼzilari yuz, baʼzilari oltmish, baʼzilari esa oʻttiz barobar koʻp hosil beribdi.
Explore Matto 13:8
7
Matto 13:30
Mayli, oʻrim–yigʻim paytigacha bugʻdoy bilan birga begona oʻtlar ham oʻsaversin. Payti kelganda oʻroqchilarga: “Avval begona oʻtlarni yigʻishtirib, bogʻlanglar–da, yoqib yuboringlar, keyin bugʻdoyni yigʻishtirib, omborxonamga joylanglar”, deyman.”
Explore Matto 13:30
Home
Bible
Plans
Videos