Sarvari Olam shunday deydi: “Ular Meniki boʻladilar. Men belgilagan kunda xazinamning gavharlari boʻladilar. Mehribon ota–ona oʻz itoatkor bolasini xalos etganday, Men ham ularni xalos etaman. Shunda, ey xalqim, sizlar solihu fosiqning farqini yana koʻrasiz. Ha, Menga xizmat qiladiganu Menga xizmat qilmaydiganning holini bilasiz.”