Men oʻzimni noloyiq hisoblaganim uchun Sizning oldingizga oʻzim bormadim. Siz buyursangiz, bas, xizmatkorim sogʻayib ketadi. Men oʻzim buyruqqa tobe odamman, ammo mening ham qoʻlim ostida askarlarim bor. Biriga “ket” desam, ketadi, boshqasiga “kel” desam, keladi. Biron xizmatkorimga “shuni qil” desam, qiladi.
Iso bu soʻzlarni eshitgach, yuzboshidan hayratlandi. U oʻgirilib, orqasidan ergashib kelayotgan olomonga dedi:
— Sizlarga shuni aytay: Men hattoki Isroil xalqi orasida ham bunday kuchli imonga ega boʻlgan odamni uchratmadim.