1
Yoshua 1:9
Muqaddas Kitob
Amr qilaman: dadil va botir boʻl, vahimaga tushma, qoʻrqma, qayerga borsang ham, Men, Egang Xudo, sen bilan birga boʻlaman.”
Compare
Explore Yoshua 1:9
2
Yoshua 1:8
Tavrot kitobida yozilganlar tilingdan tushmasin, ularni bitta qoldirmay bajarishing uchun kechayu kunduz ular haqida fikr yuritgin. Shunda ishlaring yurishib, oʻngidan keladi.
Explore Yoshua 1:8
3
Yoshua 1:7
Dadil va botir boʻlishing kerak, Men qulim Muso orqali buyurgan qonunlarning hammasini bitta qoldirmay bajar, borgan joyingda ishlaring oʻngidan kelishi uchun bu qonunlardan oʻngga ham, chapga ham ogʻma.
Explore Yoshua 1:7
4
Yoshua 1:5
Ey Yoshua, bir umr hech kim senga bas kela olmaydi. Muso bilan boʻlganimday, sen bilan ham birga boʻlaman. Seni tark etmayman, hech qachon tashlab ketmayman.
Explore Yoshua 1:5
5
Yoshua 1:6
Dadil va botir boʻl, Isroil xalqi bu yurtni qoʻlga kiritib, egalik qilishiga sen bosh boʻlasan. Chunki ularning ota–bobolariga, bu yurtni sizlarga beraman, deb vaʼda qilganman.
Explore Yoshua 1:6
6
Yoshua 1:3
Musoga vaʼda berganimday, oyogʻingiz tekkan hamma joyni sizlarga beraman.
Explore Yoshua 1:3
7
Yoshua 1:2
“Mening qulim Muso vafot etdi. Endi hammangiz — butun Isroil xalqi Men sizlarga berayotgan yurtga kirish uchun Iordan daryosidan oʻtishga tayyorlaninglar.
Explore Yoshua 1:2
8
Yoshua 1:1
Egamiz Oʻzining quli Muso vafotidan keyin Musoning yordamchisi Yoshuaga shunday dedi
Explore Yoshua 1:1
9
Yoshua 1:4
Janubdagi sahrodan shimoldagi Lubnongacha, sharqdagi buyuk Furot daryosidan gʻarbdagi Oʻrta yer dengizigacha boʻlgan joylar, Xet xalqining hamma yerlari sizning yurtingiz boʻladi.
Explore Yoshua 1:4
10
Yoshua 1:18
Sizning aytgan soʻzlaringizga qarshi chiqqanlarning, birorta buyrugʻingizga boʻysunmaganlarning jazosi oʻlimdir. Siz faqat dadil va botir boʻling.
Explore Yoshua 1:18
11
Yoshua 1:11
— Qarorgoh boʻylab yurib, xalqqa quyidagi gaplarni aytinglar: “Oziq–ovqatlaringizni tayyorlanglar, chunki uch kundan keyin Iordan daryosidan oʻtib, Egangiz Xudo sizlarga berayotgan yurtni qoʻlga kirita boshlaysizlar.”
Explore Yoshua 1:11
Home
Bible
Plans
Videos