Keyin qichqirib: “Oʻlsam, Filistlar bilan oʻlay!” — dedi–yu, kuchi boricha ustunlarni itardi. Uy qulab, u yerdagi beklar bilan odamlarni bosib qoldi. Shunday qilib, oʻsha joyda oʻlgan odamlarning soni Shimshoʻn hayot davrida oʻldirgan odamlarning sonidan ziyoda edi.