1
Ibroniylar 1:3
Muqaddas Kitob
Oʻgʻil — Xudo shuhratining porlashi, Xudo borligʻining aniq suratidir. U Oʻzining qudratli kalomi bilan koinotni asrab turibdi. U Oʻz jonini fido qilib, bizni gunohlardan pokladi, soʻng samoda Ulugʻvor Xudoning oʻng tomonida oʻtirdi.
Compare
Explore Ibroniylar 1:3
2
Ibroniylar 1:1-2
Xudo qadimda ota–bobolarimizga koʻp marta va turli tarzda paygʻambarlar orqali gapirgan edi. Bu oxirgi kunlarda esa U bizga Oʻz Oʻgʻli orqali gapirdi. Xudo koinotni Oʻgʻli orqali yaratgan va Uni butun borliqning vorisi qilib tayin etgan.
Explore Ibroniylar 1:1-2
3
Ibroniylar 1:14
Axir, farishtalar bor–yoʻgʻi xizmatchi ruhlardir! Xudo ularni abadiy hayotdan bahramand boʻladigan odamlarga xizmat qilish uchun yuborgan.
Explore Ibroniylar 1:14
4
Ibroniylar 1:10-11
Oʻgʻliga yana shunday degan: “Sen Rabbiysan, Azalda zaminning poydevorini Sen qoʻygansan, Samolarni Oʻz qoʻllaring ila yaratgansan. Ular yoʻq boʻlib ketar, Sen turaverasan, Yeru osmon kiyim kabi eskirib ketadi.
Explore Ibroniylar 1:10-11
Home
Bible
Plans
Videos