Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, xoʻjayinining xotini Yusufga koʻzlarini suzib: “Men bilan birga boʻl”, deb taklif qildi. Lekin Yusuf rad qildi va xoʻjayinining xotiniga dedi:
— Oʻzingiz oʻylab koʻring, men bu yerda boʻlganim uchun, xoʻjayinim xonadonidagi hech bir narsa toʻgʻrisida qaygʻurmaydi, hamma narsasini mening qoʻlimga topshirib qoʻydi. Bu xonadonda hech kim mendan katta emas. Sizdan boshqa biror narsani mendan ayamadi. Chunki siz uning xotinisiz. Qanday qilib men shu qadar qabihlik qilib, Xudoga qarshi gunoh qilaman?!