1
Ibtido 32:28
Muqaddas Kitob
— Bundan keyin sening isming Yoqub emas, Isroil boʻlsin, — dedi oʻsha odam. — Chunki sen Xudo va insonlar bilan olishib, gʻolib chiqding.
Compare
Explore Ibtido 32:28
2
Ibtido 32:26
— Meni qoʻyib yubor, tong otyapti, — dedi oʻsha odam. — Meni duo qilmasang, ketkizmayman, — hansirab dedi Yoqub.
Explore Ibtido 32:26
3
Ibtido 32:24
Yoqub daryoning bu tomonida yolgʻiz oʻzi qoldi. Oʻsha yerda bir odam bilan tong otguncha kurashdi.
Explore Ibtido 32:24
4
Ibtido 32:30
Yoqub: “Xudo bilan yuzma–yuz boʻlibman–u, hayotim saqlanib qolibdi–ya”, deb bu joyga Paniyol degan nom berdi.
Explore Ibtido 32:30
5
Ibtido 32:25
Oʻsha odam koʻrdiki, Yoqubni magʻlub qila olmas ekan. Bir payt u Yoqubning boʻksasiga bir urgan edi, soni boʻgʻinidan chiqib ketdi.
Explore Ibtido 32:25
6
Ibtido 32:27
— Isming nima? — deb soʻradi oʻsha odam. — Yoqub, — deb javob berdi u.
Explore Ibtido 32:27
7
Ibtido 32:29
— Iltimos, ismingni ayt! — dedi Yoqub. — Nimaga Mening ismimni soʻrayapsan? — deb soʻradi oʻsha odam. Shunday dedi–yu, u Yoqubni duo qildi.
Explore Ibtido 32:29
8
Ibtido 32:10
Koʻrsatgan sadoqatingga, inoyatingga men, quling, loyiq emasman. Ilgari Iordan daryosini kechib oʻtganimda, tayogʻimdan boshqa hech narsam yoʻq edi. Endi oila aʼzolarim ikki qoʻrgʻonni toʻldiradigan boʻldi.
Explore Ibtido 32:10
9
Ibtido 32:32
Oʻsha odam Yoqubning boʻksasiga urgani sababli, Isroil xalqi oʻsha tunda yuz bergan voqeaning xotiri uchun bugungacha sonning payini yemaydi.
Explore Ibtido 32:32
10
Ibtido 32:9
Keyin Yoqub ibodat qildi: — Ey bobom Ibrohimning, otam Isʼhoqning Xudosi! Ey Egam! Menga: “Oʻz yurtingga, qarindoshlaring oldiga qaytib bor, senga muvaffaqiyat keltiraman”, deb vaʼda bergan eding.
Explore Ibtido 32:9
11
Ibtido 32:11
Iltijo qilaman, meni Esov akamning qoʻlidan qutqargin. U kelib, men bilan birga xotinlarimni, bolalarimni oʻldiradi, deb qoʻrqaman.
Explore Ibtido 32:11
Home
Bible
Plans
Videos