Soʻng Yoqub quyidagicha qasam ichdi: “Agar Xudo men bilan birga boʻlsa, boradigan shu yoʻlimda meni asrasa, menga rizq–roʻzimni va kiyim bersa, otamning xonadoniga eson–omon qaytarib olib kelsa, Egam mening Xudoyim boʻladi. Men yodgorlik qilib oʻrnatgan shu tosh Xudoga sajda qiladigan joy boʻladi. Xudo menga bergan hamma narsaning oʻndan birini ushr qilib albatta beraman.”