Xudo oʻsmirning yigʻisini eshitdi. Xudoning farishtasi samodan Hojarni chaqirib dedi:
— Nimaga gʻam chekyapsan, Hojar? Qoʻrqma, sen oʻsmirni qoldirib ketgan joydan Xudo uning yigʻisini eshitdi. Qani, oʻgʻlingni turgiz, uning qoʻlidan ushla. Men uning naslidan buyuk xalq yarataman.