Lekin Ibrom Sadoʻm shohiga shunday javob berdi:
— Yeru koʻkni yaratgan Egamiz — Xudoyi Taolo haqi qasam ichib aytamanki, men sening birorta choʻpingni yoki chorigʻingning ipini ham olmayman. Aks holda: “Ibromni men boy qilganman”, deb aytishing mumkin.