Xudoning qonuni solihlar uchun emas, balki qonunsizu itoatsizlar uchun berilgani hammamizga maʼlum. Darhaqiqat, qonun betavfiqu gunohkorlar, diyonatsizu xudobezorilar, ota yoki onasini oʻldirganlar, qotillar, fahshbozlar, bachchabozlar, odam savdosi bilan shugʻullanuvchilar, yolgʻonchilaru soxta guvohlik beruvchilar, xullas, sogʻlom taʼlimotga zid ish qilayotganlarning hammasi uchun berilgan.