Ibtido 30
30
30–BOB
1Rohila Yoqubga bola tugʻib bera olmagach, endi opasiga hasad qila boshladi.
— Menga farzand bering, boʻlmasa oʻlaman! — dedi u Yoqubga.
2Yoqub Rohiladan qattiq gʻazablandi.
— Nima, men Xudomanmi?! Seni bepusht qilib yaratgan Xudo–ku!
3Shunda Rohila Yoqubga dedi:
— Ana, choʻrim Bilxaxning yoniga kiring. U menga bola tugʻib bersin, toki choʻrim orqali men ham bolali boʻlayin#30:3 …toki choʻrim orqali men ham bolali boʻlayin — 16:2 izohiga qarang..
4Shunday qilib, Rohila eriga Bilxaxni olib berdi. Yoqub Bilxaxning yoniga kirdi. 5Bilxax homilador boʻlib, Yoqubga oʻgʻil tugʻib berdi. 6Rohila: “Xudoyim meni oqladi, U mening iltijoimni eshitib, menga oʻgʻil ato etdi”, deb oʻgʻlining ismini Dan#30:6 Dan — ibroniychadagi maʼnosi hukm qildi. Bu ism ibroniychadagi oqladi soʻziga ohangdosh. qoʻydi. 7Bilxax yana homilador boʻlib, Yoqubga ikkinchi oʻgʻlini tugʻib berdi. 8Rohila: “Opam bilan qattiq olishib, men yutib chiqdim”, deb oʻgʻlining ismini Naftali#30:8 Naftali — bu ism ibroniychadagi olishuv soʻziga ohangdosh. qoʻydi.
9Leax bola tugʻishdan qolganini anglab yetdi. Shunda u ham oʻzining choʻrisi Zilponi Yoqubga olib berdi. 10Zilpo Yoqubga oʻgʻil tugʻib berdi. 11Leax: “Menga omad kulib boqdi”, deb oʻgʻlining ismini Gad#30:11 Gad — ibroniychadagi maʼnosi omad. qoʻydi. 12Soʻngra Zilpo Yoqubga ikkinchi oʻgʻlini tugʻib berdi. 13Leax: “Naqadar baxtliman–a! Endi ayollar meni juda baxtli ekan, deb aytishadi”, deya oʻgʻlining ismini Osher#30:13 Osher — ibroniychadagi maʼnosi baxtli. qoʻydi.
14Bugʻdoy oʻrimi payti edi. Bir kuni Ruben dalaga borganda, mehrigiyo oʻsimligini#30:14 mehrigiyo oʻsimligi — qadimda odamlar, bu oʻsimlikning mevalari jinsiy xohishni kuchaytirib, ayolning homilador boʻlishiga imkoniyat yaratadi, deb ishonishardi. topib olib, onasi Leaxga keltirdi. Rohila: “Oʻgʻlingning mehrigiyolaridan menga ham ber”, deb iltimos qildi. 15Lekin Leax gʻazab bilan javob qildi:
— Erimni tortib olganing kamlik qildimi?! Endi oʻgʻlimning mehrigiyolarini ham tortib olmoqchimisan?!
— Oʻgʻlingning mehrigiyolari evaziga bu kecha erim sening yoningga kiradi, unga ijozat beraman, — dedi Rohila.
16Kechqurun Yoqub daladan kelganda, Leax unga peshvoz chiqdi.
— Bu kecha mening yonimga kirishingiz kerak, — dedi u eriga. — Oʻgʻlim daladan topib kelgan mehrigiyoga sizni almashtirdim.
Shunday qilib, Yoqub Leaxning yoniga kirdi. 17Xudo Leaxning iltijolariga javob berdi. U yana homilador boʻlib, Yoqubga beshinchi oʻgʻlini tugʻib berdi. 18Leax: “Choʻrimni erimga olib berganim uchun Xudoyim meni mukofotladi”, deb oʻgʻlining ismini Issaxor#30:18 Issaxor — bu ism ibroniychadagi mukofot soʻziga ohangdosh. qoʻydi. 19Soʻngra u yana homilador boʻlib, Yoqubga oltinchi oʻgʻlini tugʻib berdi. 20Leax dedi: “Xudoyim menga yaxshi hadya berdi. Endi erim meni hurmat qiladigan boʻladi, chunki unga oltita oʻgʻil tugʻib berdim.” Shunday deb, oʻgʻlining ismini Zabulun#30:20 Zabulun — bu ism ibroniychadagi hurmat va hadya soʻzlariga ohangdosh. qoʻydi. 21Keyin Leax qiz tugʻib, ismini Dina qoʻydi.
22Nihoyat, Xudo Rohilaga ham marhamat qildi va uning iltijolariga javob berib, bola tugʻishga qodir qildi. 23Rohila homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻdi. “Xudo menga oʻgʻil ato etib, sharmandaligimni olib tashladi”, dedi. 24“Egam menga yana oʻgʻil bersin”, deb oʻgʻlining ismini Yusuf#30:24 Yusuf — ibroniychadagi maʼnosi yana bersin. Bu ism ibroniychadagi olib tashladi soʻziga ohangdosh. qoʻydi.
Yoqub Lobon bilan savdolashadi
25Rohila Yusufni tuqqandan keyin koʻp oʻtmay, Yoqub Lobonga dedi:
— Ijozat bersangiz, men yurtimga qaytmoqchiman. 26Xotinlarim bilan bolalarimni ham olib ketsam, degandim. Oʻzingiz bilasiz, sizga koʻp xizmatim singgan, peshana terimni toʻkib ularni topganman. Endi ketishga ijozat bersangiz.
27Lobon esa unga shunday javob berdi:
— Endi iltimos qilaman, mening gapimga quloq sol: fol ochtirib koʻrgan edim, Egam menga sen tufayli baraka berganini bildim#30:27 …fol ochtirib koʻrgan edim, Egam menga sen tufayli baraka berganini bildim — yoki …men davlat orttirdim, Egam menga sen tufayli baraka berdi.. 28Xizmat haqingni ayt, toʻlay.
29— Oʻzingiz bilasiz: uzoq yillar davomida sizga koʻp xizmat qildim. Mol–qoʻylaringiz mening mehnatim tufayli qanchalik koʻpayganini bilasiz. 30Aslida men kelmasimdan oldin molingiz oz edi, endi esa boyligingiz haddan ziyod koʻpaydi. Men tufayli Egam sizga hamma narsada baraka berdi#30:30 Men tufayli…baraka berdi — yoki Men siz uchun ishlagan hamma joyda Egam sizga baraka berdi.. Endi oilamni oʻylaydigan payt keldi.
31— Xizmat haqingga nima istaysan? — deb yana soʻradi Lobon.
— Menga hech qanday xizmat haqi kerak emas, — deb javob qildi Yoqub. — Agar rozi boʻlsangiz, bir taklifim bor. Men qoʻy–echkilaringizni boqaveray. 32Bugun suruvingizni oralab, olachipor va xol–xol qoʻylaringizni, qora qoʻzilaringizni, echkilaringizdan ham xol–xolini va olachiporini#30:32 …olachipor va xol–xol qoʻylaringizni, qora qoʻzilaringizni, echkilaringizdan ham xol–xolini va olachiporini… — dunyoning bu oʻlkalarida odatda qoʻylar oq, echkilar esa qora rangda boʻlar edi, qora dogʻli qoʻylar va oq dogʻli echkilar kamdan–kam uchrar edi. ajratib olay. Xizmat haqimga shularni bersangiz kifoya. 33Agar men halol boʻlmasam, siz keyin osonlikcha bilib olasiz. Mening xizmatimni tekshirgani kelganingizda, qoʻy–echkilarimning orasida birortasi ola–bula, xol–xol boʻlmasa, yoki qoʻzilarimning orasida ham birortasi qora boʻlmasa, meni oʻgʻri deb hisoblashingiz mumkin.
34— Yaxshi, sen aytganday boʻla qolsin, — dedi Lobon.
35Lobon oʻsha kuni oqi bor xol–xol va olachipor taka hamda urgʻochi echkilarni suruvdan ajratib oldi, qora qoʻzilarni ham ayirib oldi. Hammasini oʻgʻillarining ixtiyoriga berdi. 36Ular oʻsha qoʻy–echkilarni Yoqub turgan joydan uch kunda boradigan joyga olib ketdilar. Yoqub esa Lobonning qolgan qoʻy–echkilarini boqaverdi.
37Yoqub terak, bodom va chinor daraxtining novdalaridan olib, novdalarni yoʻl–yoʻl qilib poʻstlogʻini shildi. 38Soʻngra u poʻstlogʻi tozalangan novdalarni qoʻy–echkilarga koʻrinadigan joyga — suv ichadigan oxurlar ichiga qoʻydi#30:38 Soʻngra…qoʻydi — qadimgi paytlarda odamlarning tushunchasi boʻyicha, qoʻy–echkilarning juftlashgan paytda koʻrgan narsasi ulardan tugʻiladigan qoʻzichoqlarning koʻrinishiga taʼsir qilardi. Biroq Yoqub Xudo bergan baraka tufayli muvaffaqiyatga erishganini aniq bilar edi (31:5-13 ga qarang).. Chunki Lobonning qoʻy–echkilarini sugʻorgani olib kelganda, hayvonlar shu yerda juftlashar edi. 39Qoʻy–echkilar oq yoʻli bor novdalarni koʻrib turganda juftlashib, yoʻl–yoʻl, olachipor va xol–xol nasl berardi. 40Yoqub Lobonning boshqa qoʻy–echkilaridan sovliqlarini#30:40 …Lobonning boshqa qoʻy–echkilaridan sovliqlarini… — Yoqub boqib yurgan Lobonning oq qoʻylari va qora echkilaridan tashkil topgan suruvi nazarda tutilgan (shu bobning 35-36–oyatlariga qarang). ajratib oldi. Sovliq qoʻylar juftlashayotganda, Yoqub qoʻylarning yuzini Lobonning suruvidagi yoʻl–yoʻl va qop–qora hayvonlarga qaratib qoʻyardi. Shu tariqa Yoqub Lobonning qoʻy–echkilaridan oʻzining suruvini vujudga keltirdi#30:40 …yoʻl–yoʻl va qop–qora hayvonlarga qaratib qoʻyardi. Shu tariqa Yoqub Lobonning qoʻy–echkilaridan oʻzining suruvini vujudga keltirdi… — Lobonning suruvidagi yoʻl–yoʻl va qop–qora echkilar nazarda tutilgan (bu oyatda yoʻl–yoʻl deganda tuyoqlari ochroq rangda boʻlgan qora echkilar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin). Demak, Yoqub Lobonning juftlashayotgan oq qoʻylarini qora echkilariga qaratib qoʻyar edi, buning natijasida qora qoʻzichoqlar tugʻilardi (shu bobning 38–oyati izohiga qarang). Bu qora qoʻzichoqlar Yoqub suruvini tashkil qilardi (shu bobning 32-34–oyatlariga qarang). Shu usulni ishlatgan holda, Yoqub oʻzining katta suruvini vujudga keltirdi (shu bobning 37-40–oyatlariga qarang). va Lobonnikidan alohida qilib qoʻydi. 41Suruvdagi sogʻlom urgʻochi qoʻy yoki echkilar juftlashishga tayyor boʻlganda, Yoqub poʻstlogʻi archilgan novdalarni hayvonlarning oxuriga tashlab qoʻyardi. Hayvonlar yoʻl–yoʻl novdalarni koʻrib turganlarida juftlashardilar. 42Lekin u nimjon hayvonlarga shunday qilmasdi. Oqibatda Lobon nimjon qoʻy–echkilarga, Yoqub esa sogʻlom qoʻy–echkilarga ega boʻlib qoldi. 43Shu yoʻl bilan Yoqubning qoʻy–echkilari tezlik bilan koʻpayib bordi, u juda ham boyib ketdi, koʻplab qul va choʻrilarga, tuya va eshaklarga ega boʻldi.
Currently Selected:
Ibtido 30: O‘zbMK
ማድመቅ
Share
Copy
ያደመቋቸው ምንባቦች በሁሉም መሣሪያዎችዎ ላይ እንዲቀመጡ ይፈልጋሉ? ይመዝገቡ ወይም ይግቡ
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020