Havoriylar 8:29-31
Havoriylar 8:29-31 O‘ZBMK
Muqaddas Ruh Filipga: “Aravaga yaqinroq bor, uning yonida yur”, dedi. Filip yugurib, aravaga yetib oldi, amaldorning Ishayo paygʻambar kitobini oʻqiyotganini eshitdi. Filip: — Oʻqiyotganingizni tushunyapsizmi? — deb soʻradi. — Birontasi yordam bermasa, tushunarmidim?! — deb javob berdi amaldor. U Filipga: “Chiq, yonimga oʻtir”, deb taklif qildi.