Havoriylar 26
26
26–BOB
Pavlus shoh Agrippa oldida oʻzini oqlaydi
1Agrippa#26:1 Agrippa — 25:13 izohiga qarang. Pavlusga:
— Oʻzingni himoya qilib gapirishing mumkin, — dedi. Shundan keyin Pavlus qoʻlini choʻzib, oʻzini himoya qilib gapira boshladi: 2“Shoh Agrippa janobi oliylari! Bugun mana bu yahudiylar menga qoʻyayotgan ayblardan oʻzimni sizning huzuringizda himoya qilayotganim uchun baxtiyorman. 3Axir, yahudiylarning odatlari va bahslarini siz juda yaxshi bilasiz. Sizdan iltimos, marhamat qilib mening gapimni eshitsangiz.
4Yoshligimdan bosib oʻtgan hayot yoʻlimni — Quddusda, oʻz xalqim orasida kechirgan hayotimni hamma yahudiylar biladilar. 5Agar ular guvohlik berishni istasalar, dinimizning eng ashaddiy mazhabi farziylarga mansub boʻlganimni ular azaldan biladilar. 6Endi esa, Xudoning ota–bobolarimizga bergan vaʼdasiga umid qilganim#26:6 …umid qilganim… — Pavlus bu oʻrinda oʻliklarning tirilishi haqidagi Eski Ahdda ayon qilingan ishonchga ishora qilyapti (misol uchun, Zabur 15:9-11, Ishayo 26:19, Doniyor 12:2, Luqo 20:37-38 ga qarang). Farziylar ham bunga ishonganlar (23:6-8, 24:12-15, 20-21 ga qarang). Istehzoli tomoni shundaki, Pavlus Iso Masihning oʻlikdan tirilganiga ishongani uchun yahudiylar tomonidan hukm qilinayotgan edi. Ammo Masihning oʻlikdan tirilishi yahudiylar anchadan beri intizorlik kutganlarining roʻyobga chiqishining boshlanishi edi (shu bobning 22-23–oyatlariga qarang). uchun hukm qilinyapman. 7Vaholanki, xalqimizning oʻn ikki qabilasi#26:7 xalqimizning oʻn ikki qabilasi — Ibrohimning nabirasi Yoqubning oʻn ikki oʻgʻlidan kelib chiqqan butun yahudiy xalqiga ishora. kechayu kunduz Xudoga chin dildan sajda qilib, shu vaʼda bajo boʻlishiga umid qilyaptilar. Janobi oliylari, men ham aynan shunday umid qilganim uchun yahudiylar meni ayblayaptilar. 8Ey shu yerda turganlar! Nima uchun Xudo oʻliklarni tiriltirishiga ishonib boʻlmaydi, deb oʻylaysizlar?
9Men oʻzimcha, Nosiralik Isoning nomiga qarshi har narsani qilishim kerak, deb oʻylagandim. 10Men buni Quddusda qildim ham. Bosh ruhoniylardan vakolat olib, Xudoning azizlaridan koʻpchiligini qamoqqa tashladim. Ular oʻlimga hukm qilinganlarida, men buni maʼqullab turardim. 11Men tez–tez bir sinagogadan ikkinchisiga borib, ularni jazolardim, imonlaridan qaytarishga harakat qilardim. Men ularga nisbatan shunchalik shafqatsiz edimki, hatto begona shaharlarda ham ularni quvgʻin qilgani borardim.
12Bir kuni shu maqsadda bosh ruhoniylardan vakolat olib, Damashqqa bir topshiriq bilan ketayotgan edim. 13Janobi oliylari! Men kuppa–kunduzi yoʻlda ketayotganimda, birdan osmonda quyoshdan ham yorugʻ nurni koʻrdim. Nur sheriklarim bilan mening yon–atrofimni yoritib yubordi. 14Hammamiz yerga yiqildik. Shunda oramiy tilida#26:14 oramiy tili — 21:40 izohiga qarang. menga gapirayotgan bir ovozni eshitdim:
— Shoul!#26:14 Shoul — Pavlus ismi bilan tanilgan (13:9 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Shoul! Nimaga Meni quvgʻin qilyapsan? Hoʻkiz oʻz egasining tayogʻini tepib, oʻziga zarar keltirganday, sen ham Menga qarshi chiqib, oʻzingga zarar keltiryapsan.
15— Hazratim! Siz kimsiz? — deb soʻradim men.
— Sen quvgʻin qilayotgan Isoman, — deb javob berdi Rabbiy. 16— Endi oʻrningdan tur, Shoul. Seni Oʻz xizmatkorim qilib tayinlash maqsadida senga zohir boʻldim. Sen Meni koʻrganingni boshqalarga aytasan, senga koʻrsatadiganlarim toʻgʻrisida guvohlik berasan. 17Men seni oʻz xalqing qoʻlidan qutqaraman. Seni gʻayriyahudiylar orasiga yuborib, ularning qoʻlidan ham xalos etaman. 18Sen gʻayriyahudiylarning koʻzlarini ochasan, ularni zulmatdan yorugʻlikka, shaytonning hukmronligidan Xudoning hukmronligiga qaytarasan. Menga imon keltirish orqali ularning gunohlari kechirilib, ular Xudoning tanlangan xalqi orasidan joy oladilar.
19Shunday qilib, shoh Agrippa janoblari, samodan menga kelgan vahiyga itoatsizlik qilmadim. 20Avvalo, Damashqda va Quddusda, keyin butun Yahudiyada, shuningdek, gʻayriyahudiylar orasida: «Gunohlaringiz uchun tavba qilinglar, Xudoga yuz buringlar, tavba qilganingizni koʻrsatadigan ishlar qilinglar», deb vaʼz qildim. 21Shu sababdan yahudiylar meni Maʼbadda tutib olib, oʻldirmoqchi boʻldilar. 22Ammo shu kungacha Xudo menga madad berdi. Men hammaga — kattayu kichikka birday guvohlik berib keldim. Men ularga faqat paygʻambarlarning va Musoning aytganlarini#26:22 paygʻambarlarning va Musoning aytganlari — Luqo 24:25-27 ga qarang. Yana 24:14 izohiga qarang. gapirgan edim. 23Masih Oʻz xalqiga va gʻayriyahudiylarga nur olib kelish uchun azob chekishi va birinchi boʻlib oʻlikdan tirilishi kerak, deb aytdim, xolos.”
24Pavlus shu tariqa oʻzini himoya qilar ekan, Festus unga baqirib dedi:
— Sen telba boʻlib qolibsan, Pavlus! Koʻp bilganing seni aqldan ozdiryapti!
25Pavlus esa shunday dedi:
— Men aqldan ozganim yoʻq, Festus janobi oliylari! Men jiddiy haqiqatni gapiryapman. 26Shoh bu narsalar toʻgʻrisida bilgani uchun, men unga bemalol gapirmoqdaman. Bu narsalarning har biri uning eʼtiboridan chetda qolmaganiga imonim komil. Chunki bular yashirin qilingan emas. 27Shoh Agrippa janoblari! Siz paygʻambarlarning bashoratlariga ishonasizmi? Bilaman, ishonasiz.
28Agrippa Pavlusga:
— Sen darrov meni masihiy boʻlishga koʻndirmoqchisan–a, — dedi. 29Pavlus shunday javob berdi:
— Darrov boʻladimi yoki uzoq vaqtdan keyin boʻladimi, nafaqat siz, balki mening gaplarimni eshitayotganlarning hammasi men singari boʻlsin deb, Xudoga ibodat qilaman. Ammo mana bu kishanlarni sizlarga ravo koʻrmayman.
30Shundan keyin shoh Agrippa, hokim Festus, Vernika va boshqalar oʻrinlaridan turdilar. 31Ular ketayotib, bir–birlariga: “Bu odam oʻlimga yoki zindonga tashlanishga loyiq biron ish qilmagan”, deb aytdilar. 32Agrippa Festusga:
— Agar bu odam Qaysarning#26:32 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. hukmini talab qilmaganda edi, uni ozod qilish mumkin edi, — dedi#26:32 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar oyatga qoʻshimcha qilingan: Shunday qilib, hokim uni Qaysar oldiga yuborishga qaror qildi..
Currently Selected:
Havoriylar 26: O‘zbMK
ማድመቅ
ያጋሩ
ኮፒ

ያደመቋቸው ምንባቦች በሁሉም መሣሪያዎችዎ ላይ እንዲቀመጡ ይፈልጋሉ? ይመዝገቡ ወይም ይግቡ
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020