Havoriylar 18
18
18–BOB
Korinf shahrida
1Shundan keyin Pavlus Afinadan ketib, Korinfga yoʻl oldi. 2U yerda Pavlus Akil degan bir yahudiy bilan tanishdi. Akil Pontusda tugʻilgan boʻlib, xotini Priskilla bilan Italiyadan yaqinda kelgan ekan. Chunki Qaysar#18:2 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. Klavdiy#18:2 Klavdiy — milodiy 41-54 yillarda hukmronlik qilgan., hamma yahudiylar Rimdan chiqib ketsin, deb farmon bergan edi. Pavlus ularni koʻrgani bordi. 3Ular hamkasb boʻlib, chodir tikuvchilik bilan shugʻullanganlari uchun, Pavlus ularnikida qolib, ishladi. 4Har Shabbat kuni u sinagogada munozara oʻtkazib, yahudiylar va gʻayriyahudiylarni#18:4 gʻayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar (14:1 ning ikkinchi izohiga qarang). Sinagogalarga borib, u yerdagi marosimlarda qatnashadigan gʻayriyahudiylar “Xudodan qoʻrqadiganlar” deb atalgan (10:2 izohiga qarang). ishontirishga harakat qilardi.
5Silas bilan Timoʻtiy Makedoniyadan kelganlaridan keyin, Pavlus butun vaqtini Iso haqidagi xabarni vaʼz qilishga bagʻishladi. U yahudiylarga Isoning Masih ekani toʻgʻrisida guvohlik berardi. 6Yahudiylar esa Pavlusga qarshi chiqib, uni haqorat qildilar. Pavlus kiyimlaridan changni qoqdi–da#18:6 Pavlus kiyimlaridan changni qoqdi–da… — 13:51 izohiga qarang.: “Qoningiz oʻz gardaningizda qolsin, menda ayb yoʻq, hozirdan boshlab gʻayriyahudiylar orasiga ketganim boʻlsin”, dedi ularga. 7Shunday qilib, Pavlus sinagogani tark etib, Titas Yustus#18:7 Titas Yustus — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Yustus. degan bir odamning uyiga bordi. Titas Yustus ham xudojoʻy#18:7 xudojoʻy — muallif bu soʻzni yahudiylarning Xudosiga sajda qilgan gʻayriyahudiylarga nisbatan ishlatgan (10:2 izohiga qarang). odam boʻlib, uning uyi sinagoganing yonginasida edi. 8Sinagoganing qavmboshisi Krispus butun xonadoni bilan Rabbimiz Isoga imon keltirdi. Pavlusdan Xushxabar eshitgan Korinfliklarning koʻpchiligi ishonib, suvga choʻmdirildilar.
9Bir kuni tunda Rabbimiz Iso vahiyda Pavlusga zohir boʻlib, dedi: “Qoʻrqma! Gapiraver, sukut saqlama! 10Men sen bilan birgaman. Bu shahardagi koʻpchilik Mening odamlarim boʻlgani uchun hech kim senga zarar yetkaza olmaydi.” 11Shunday qilib, Pavlus bu shaharda bir yilu olti oy turib, xalqqa Xudoning kalomidan taʼlim berdi.
12Gallion Axaya viloyatiga hokimlik qilgan paytlarda#18:12 Gallion Axaya viloyatiga hokimlik qilgan paytlarda… — Gallion milodiy 51-52 yillarda Rim imperiyasiga qarashli Axaya viloyatining hokimi boʻlgan., yahudiylar birgalashib Pavlusga qarshi chiqdilar va uni sudrab, mahkamaga olib keldilar.
13Ular shunday dedilar:
— Mana bu odam qonunga qarshi yoʻllar bilan Xudoga sajda qilishga xalqni daʼvat qilyapti.
14Pavlus endi gapirmoqchi boʻlib turgan edi, Gallion yahudiylarga shunday dedi:
— Ey yahudiylar! Agar daʼvoingiz yomon qilmish yoki ogʻir jinoyat masalasida boʻlganda edi, shikoyatlaringizni qabul qilishga sabab topgan boʻlardim. 15Ammo bu daʼvolaringiz shunchaki ayrim soʻzlar, ismlar va oʻz qonuningiz borasida ekan, bularni oʻzlaringiz koʻrib chiqaveringlar. Men bu masalalarning hakami boʻlmayman.
16Gallion yahudiylarni mahkamadan haydab chiqardi. 17Shunda olomon sinagoga qavmboshisi Sostenisni tutib oldi–da, mahkamaning oldida uni kaltakladi. Ammo Gallion bularning birontasiga eʼtibor bermadi.
Pavlus qisqa muddatga Antioxiyaga qaytadi
18Pavlus Korinfda imonlilar bilan uzoq vaqt turdi. Soʻng ular bilan xayrlashib, kemada Suriyaga suzib ketdi. Akil bilan Priskilla ham u bilan birga ketdilar. Pavlus Xudoga ont ichgani uchun Kenxreyadan suzib ketishdan oldin sochini oldirdi#18:18 Pavlus Xudoga ont ichgani uchun…sochini oldirdi — Pavlusning maʼlum bir muddat davomida sochini oldirmaslik haqida bergan alohida bir vaʼdasiga ishora qilinayotgan boʻlishi mumkin. Ehtimol, Pavlus bu vaʼdani Xudodan himoya soʻrab ibodat qilayotganda bergandir (shu bobning 9-11–oyatlariga qarang). Oʻsha muddat tugagandan keyin Pavlus Xudoga shukrona sifatida sochini oldirgan.. 19-21Ular Efesga yetib keldilar. Pavlus sinagogaga borib, yahudiylar bilan munozara oʻtkazdi. Odamlar Pavlusdan, biz bilan uzoqroq qoling, deb iltimos qildilar. Ammo Pavlus rozi boʻlmadi. Ketishidan oldin esa ularga: “Xudo xohish bildirsa#18:19-21 Xudo xohish bildirsa… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Yaqinlashib kelayotgan bayramni men albatta Quddusda nishonlashim kerak. Ammo Xudo xohish bildirsa…., sizlarning oldingizga qaytib kelaman”, dedi. Shundan keyin Akil bilan Priskillani Efesda qoldirib, oʻzi kemada suzib ketdi.
22Pavlus Qaysariyaga yetib kelgandan keyin, Quddusga bordi va imonlilar jamoati bilan koʻrishdi. Shundan soʻng Antioxiyaga ketdi. 23U yerda maʼlum vaqt boʻlgach, yana yoʻlga chiqdi#18:23 …yana yoʻlga chiqdi… — Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida qilgan uchinchi safarining boshlanishi (“Xaritalar” boʻlimiga qarang). Pavlus Quddusga qaytib kelganda bu safar yakunlangan (21:12-17 ga qarang). va Galatiya, Frigiya oʻlkalarini kezib, barcha imonlilarga dalda berdi.
Apollos
24Shu paytda Apollos degan bir yahudiy Efesga keldi. U asli Iskandariyadan edi. U gapga chechan odam boʻlib, Muqaddas bitiklarni#18:24 Muqaddas bitiklar — odatda Eski Ahd kitoblari toʻplami shu nom bilan ataladi. juda yaxshi bilardi. 25U Rabbimiz Isoning yoʻlida taʼlim olgan boʻlib, otashin ruh bilan gapirardi. Iso haqida toʻgʻri taʼlim berardi. Suvga choʻmdirish haqida esa faqatgina Yahyoning taʼlimotini bilardi#18:25 …faqatgina Yahyoning taʼlimotini bilardi — Apollos hali Iso Masih nomi bilan suvga choʻmdirilish haqida eshitmagan edi. 2:37-38, 19:1-5 ga va Luqo 3:1-18 ga qarang.. 26Apollos sinagogada jasorat bilan gapira boshladi. Priskilla bilan Akil Apollosning vaʼzini eshitganlaridan keyin, uni uyiga taklif qilib, Xudoning yoʻlini yanada aniqroq tushuntirib berdilar. 27Apollos Axayaga borishga qaror qildi. Efesdagi imonlilar Axayadagi shogirdlarga, Apollosni yaxshi qabul qilsangizlar, deb maktub yozdilar. Apollos Axayaga kelgach, Xudoning inoyati bilan imonga kelganlarga katta yordam berdi. 28Apollos, Muqaddas bitiklar asosida Isoning Masih ekanini isbot etib, qatʼiyat bilan yahudiylarning nohaqligini ochiqchasiga fosh qilardi.
Currently Selected:
Havoriylar 18: O‘zbMK
ማድመቅ
ያጋሩ
ኮፒ

ያደመቋቸው ምንባቦች በሁሉም መሣሪያዎችዎ ላይ እንዲቀመጡ ይፈልጋሉ? ይመዝገቡ ወይም ይግቡ
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020