1
Ibtido 25:23
Muqaddas Kitob
Egamiz Rivqoga shunday dedi: “Sening qorningda ikki xalq bor, Sendan tugʻilganlar ikki xalqqa boʻlinar. Biri ikkinchisidan kuchli chiqajak, Kattasi kichigiga xizmat qilajak.”
አወዳድር
{{ጥቅስ}} ያስሱ
2
Ibtido 25:30
Esov Yoqubga: — Menga ana shu qizil ovqatingdan bergin, oʻlguday qornim ochdi, — dedi. (Shuning uchun u Edom degan ism ham olgan.)
3
Ibtido 25:21
Rivqoning bolasi boʻlmadi. Isʼhoq xotini uchun Egamizga iltijo qildi. Egamiz uning iltijolarini eshitdi. Rivqo homilador boʻldi.
4
Ibtido 25:32-33
— E, toʻngʻichlik huquqimdan menga nima foyda, qornim ochganidan oʻlay deb turibman, — dedi Esov. — Oldin menga qasam ich, — dedi Yoqub. Esov Yoqubga qasam ichdi. Shunday qilib, u toʻngʻichlik huquqini Yoqubga sotdi.
5
Ibtido 25:26
Ukasi esa Esovning tovonini ushlab tugʻildi, shuning uchun uning ismini Yoqub qoʻydilar. Egizaklar tugʻilganda, Isʼhoq oltmish yoshda edi.
6
Ibtido 25:28
Esov ovlab kelgan hayvonlarning goʻshtini Isʼhoq tanovul qilib, lazzat olar, shuning uchun u Esovni yaxshi koʻrardi. Rivqo esa Yoqubni yaxshi koʻrardi.
Home
Bible
Plans
Videos