1
Ibtido 22:14
Muqaddas Kitob
Shuning uchun bu joyga Ibrohim “Egamiz beradi” deb nom qoʻydi. Bu nom bugungi kunda: “Egamizning togʻida beriladi” degan hikmatga aylanib ketgan.
አወዳድር
{{ጥቅስ}} ያስሱ
2
Ibtido 22:2
— Yolgʻiz suyukli oʻgʻling Isʼhoqni olib, Moriyox yeriga bor, — dedi Xudo. — Men senga bir togʻni koʻrsataman, oʻsha togʻda oʻgʻlingni qurbonlik qilib kuydirasan.
3
Ibtido 22:12
— Pichoqni tashla! — deb buyurdi farishta. — Bunday qilma, bolaga zarar yetkazma. Endi bildim, sen haqiqatan Xudodan qoʻrqar ekansan. Sen hatto yagona oʻgʻlingni ham Mendan ayamading.
4
Ibtido 22:8
— Qurbonlik qilib kuydiriladigan qoʻzini Xudoning Oʻzi beradi, oʻgʻlim, — deb javob qildi Ibrohim. Shunday qilib, ikkovlari birga yoʻlda davom etishdi.
5
Ibtido 22:17-18
senga albatta qut–baraka beraman. Naslingni osmondagi yulduzlarday, dengiz qirgʻogʻidagi qumday son–sanoqsiz qilib koʻpaytiraman. Nasling gʻanimlarining darvozalarini egallaydilar. Menga itoat qilganing uchun yer yuzidagi hamma xalqlar sening nasling orqali baraka topadi.”
6
Ibtido 22:1
Shu voqealardan keyin Xudo Ibrohimni sinadi. — Ibrohim! — deb chaqirdi Xudo. — Labbay! — deb javob berdi Ibrohim.
7
Ibtido 22:11
Shu payt Egamizning farishtasi samodan unga hayqirdi: — Ibrohim! Ibrohim! — Labbay! — deb javob berdi Ibrohim.
8
Ibtido 22:15-16
Shundan keyin Egamizning farishtasi samodan Ibrohimni yana chaqirdi: — Egang aytmoqda: “Menga itoat qilganing uchun, hatto yagona oʻgʻlingni ham Mendan ayamaganing uchun Oʻzimning nomim bilan qasamyod qilaman
9
Ibtido 22:9
Ular Xudo koʻrsatgan yerga yetib kelganlaridan keyin, Ibrohim qurbongoh qurib, qurbongohga oʻtin qaladi. Soʻngra u oʻgʻli Isʼhoqni bogʻlab, qurbongohdagi oʻtinlar ustiga yotqizdi.
Home
Bible
Plans
Videos