Festus sakkiz–oʻn kuncha ular bilan birga boʻlib, keyin Qaysariyaga qaytdi. Ertasi kuni u hukm kursisiga oʻtirib: “Pavlus olib kelinsin!” deb buyurdi. Pavlus kelgach, Quddusdan kelgan yahudiylar uni oʻrab oldilar va unga qarshi jiddiy ayblovlarni qoʻya boshladilar. Oʻzlari esa bu ayblarni isbotlay olmasdilar.