1
Havoriylar 20:35
Muqaddas Kitob
Men sizlarga bu borada namuna boʻlib, zaiflarni qanday qoʻllab–quvvatlashimiz kerakligini koʻrsatdim. Rabbimiz Iso aytgan shu soʻzlarni eslaylik: «Olmoqdan koʻra, bermoq koʻproq marhamat keltiradi.»”
አወዳድር
{{ጥቅስ}} ያስሱ
2
Havoriylar 20:24
Lekin hayotim oʻzim uchun hech narsaga arzimaydi, deb hisoblayman. Men faqat vazifamni oxiriga yetkazishni va Rabbimiz Iso menga yuklagan ishni tugatishni istayman. Bu ish Xudoning inoyati toʻgʻrisidagi Xushxabarni eʼlon qilishdir.
3
Havoriylar 20:28
Oʻzlaringizni ehtiyot qilinglar, suruvni ham ehtiyot qilinglar. Chunki Muqaddas Ruh ularni sizning qaramogʻingizga bergan. Xudoning jamoatiga choʻpon boʻlinglar. Xudo jamoatni Oʻz Oʻgʻlining qoni evaziga sotib olgan.
4
Havoriylar 20:32
Endi men sizlarni Xudoga va Uning marhamati haqidagi xabar panohiga topshirdim. Bu xabar sizlarga kuch–qudrat ato qilib, jamiki muqaddas qilinganlar orasida meros berishga qodirdir.
ቤት
መጽሐፍ ቅዱስ
እቅዶች
ቪዲዮዎች